$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 10-mart eng muhim voqealari dayjesti

Positive 24-3-10

Suv sporti yutuqlar

Tailandning Rayong shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Jamoamiz 3 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.

100 bahorni qarshi olgan o‘zbek ayoli

“Qarisi bor uyning parisi bor” deganlaridek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi “Qonliko‘l” shaharcha fuqarolar yig‘inida yashab kelayotgan paridek buvijon, Sasanem Qurbaniyazova yaqinda o‘zining yuzinchi bahorini qarshiladi.

144 million dollarlik energiya saqlash tizimi quriladi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Xitoy Xalq Respublikasining “China Gezhouba Group Overseas Investment Co. LTD” kompaniyasi dastlabki baholash bo‘yicha jami 144 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobiga quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Xalqaro matematika olimpiadasidagi yutuqlar

3-8 mart kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika olimpiadasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari ham ishtirok etib, matematika fakulteti talabalari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Jamoaviy turda esa universitet birinchi jamoasi kumush, ikkinchi jamoa bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.