$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 28-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

Pos28

Ikki medal, bir sportchi

Filippinda oʻtayotgan suv sporti turlari boʻyicha yosh guruhlari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana ikki medalni qoʻlga kiritdi.

Eng qizig'i, ikkala medalni ham jamoa hisobiga iste'dodli suzuvchilarimizdan biri Eldor Usmonov keltirdi

Usmonov dastlab 50 metrga erkin usulda suzishda 22.87 soniya, soʻng 100 metrga batterflyay usulida suzish dasturida 53.14 soniya koʻrsatib ikkinchi boʻlib marraga yetib keldi va kumush medallarga sazovor boʻldi.

Nohaq ishdan bo'shatilganlar taqdiri

2023-yil davomida qonunga xilof ravishda ishdan olingan 1 031 nafar shaxs ishga tiklanib, ularga to‘lanmay to'liq ish haqi 72,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan va ular to'liq undirib berilgan.

Elektr ishlab chiqarishning zararsiz va kelajakli yo'li

Barcha viloyatlarda zamonaviy quyosh va shamol elektr stansiyalari barpo etilmoqda.

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda 1,6 gigavattli 9 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi. 

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 183 megavattli 6 ta yirik va kichik GESlar foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlarga tegishli binolar va aholi xonadonlarida umumiy quvvati 457 megavattli quyosh panellari oʻrnatildi.

Chegaradagi savdo markazi

Ayni kunlarda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida, Tojikiston bilan chegaradagi “Andarxon” nazorat-o‘tkazish punkti yonida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining savdo-logistika markazi barpo etilmoqda.

Mazkur savdo-logistika markazi 6 gektar maydonda joylashishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyiha qurilishiga 86 milliard so‘m miqdorida mahalliy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.

 Majmuadan 200 ta savdo do‘koni, mehmonxona, bank, logistika markazi va kafe-restoranlar joy olishi belgilandi.

Katta miqdorda energiya importi amalga oshirildi

Kecha, 27-fevralda bir kunlik elektr energiyasini ishlab chiqarish 240,9 million kilovatt soatni tashkil etgan. Iste’molchilarga esa 232,8 million kilovatt soat yetkazib berilgan.

Shuningdek, Turkmaniston Respublikasidan 22 million kilovatt soat elektr energiyasi import qilingan

Теги :
Jamiyat