2024-yil 25-fevralning eng muhim voqealari dayjesti
Yangi metro poyezdlari olib kelindi, Xalqaro karate turniridagi medallarimiz soni, “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan dehqon, yangi hokimlar, Shahram G’iyosovning g’alabasi — kunning eng muhim xabarlari.
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi metro poyezdlari
Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi keltirildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqariladi. May oxiriga qadar yana shunday 8 ta metro poyezdi olib kelish reja qilinmoqda.
Toshkentga “Metrovagonmash” zavodida ishlab chiqarilgan 3 ta to’rt vagonli poyezd 24-fevral sanasida olib kelindi.
Xalqaro turnirdagi medallarimiz soni
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida sportning karate WKF turi bo’yicha 14-15 yosh toifasidagi bahslarda -52 kg. vazn toifasida Humoyunmirzo Halimov barcha raqiblarini yengib oltin, -57 kg. vazn toifasida Isomiddin Karimov va -63 kg. vazn toifasida Samandar Zokirov bronza medaliga sazavor bo’ldi.
Shunday qilib, jami medallar soni 9 taga yetdi.
“Do’stlik” ordeni sohibi
Termizda Yoshlar markazida Termiz tumanidagi Qahramon mahallasida istiqomat qiluvchi dehqon Boboyor Xolboyevga “Do’stlik” ordeni topshirildi.
Ikki tumanga yangi hokimlar tayinlandi
Sherzod Shokirov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumaniga, Sardor Palvanov Xorazm viloyatining Xiva tumaniga hokim etib tayinlandi.
Bu haqida 24-fevralda xabar berildi.
Shahram G’iyosovning g’alabasi
AQSHning Orlando shahrida “Matchroom Boxing” va “DAZN” hamkorligida professional boks oqshomi o’tkazildi va unda Shahram G’iyosov meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi jang o’tkazdi.
12-raundga mo’ljallangan jang 11-randda to’xtatildi, chunki raqib to’satdan yiqilib tushdi va jarohat oldi. Shu sababli meksikalik bokschi jangni davom eta olmasligini bildirdi.
Ushbu jangda Shahram G’iyosov 109:99 hisobida g’alabaga erishdi.



