$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 24-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

Positive 24

Transchegaraviy suvlarni nazorat qilish uchun gidropostlar ochildi

23-fevral kuni O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri hamda Tojikiston energetika va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan transchegaraviy Katta Farg‘ona kanali va Shimoliy Farg‘ona kanali bo‘ylab ikkita gidropost ochildi. Gidropostlarning ochilishi Shveytsariya hukumatining “Blue Peace Central Asia” tashabbusi tufayli amalga oshirilgan. Ushbu tashabbus 2017-yilda mintaqa suv resurslarini boshqarishda transchegaraviy yondashuv zarurligiga javoban boshlangan.

O‘zbekistonda kredit berish talablari o‘zgartirildi

2024-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston banklari uchun aholiga kredit berish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi. Bu haqda Markaziy bank raisi qarori imzolandi. Qaror bilan qarz yuki ko‘rsatkichi joriy etilmoqda, u o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati orqali hisoblanadi.

Hozir O‘zbekistonda qarz yuki talabi faqat mikrokreditlarga nisbatan qo‘llanadi va 50 foizni tashkil etadi. 2024 yil 1 iyuldan boshlab barcha kreditlarni (shu jumladan, mikrokreditlarni) berishda kreditorlar o‘z mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshmasligini ta’minlashi shart.

2025 yil 1 yanvardan boshlab bu ko‘rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.

Ona tili va tarix o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

“O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab qator pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Bunda, ustama Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchilarga to‘lanadi.

Sertifikat olganlarning 6 oylik o‘qish harajatlari ham qoplab beriladi

23-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini ta’minlash masalasida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda yoshlarni ishga joylashtirish, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.

Unga ko‘ra, xususiy kurslarda o‘qib, C1 sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa B2 darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplanadi. Shuningdek, 2024-yilda sertifikat olishdagi imtihon xarajatidan tashqari 6 oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.

Теги :
Jamiyat