$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 20-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

Positive 24-2-22

Quvayt tashqi ishlar vaziriga ishonch yorlig’i topshirildi

O‘zbekistonning Quvayt Davlatidagi yangi elchisi Ayubxon Yunusov ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyoga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi. Marosimdan so’ng o’zaro davlatlarimiz o’rtasidagi aloqalar holati va kelasi rejalar haqida suhbatlashildi.

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada mukofoti

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada mukofoti sohiblarini aniqlash maqsadida tanlov tashkil etilmoqda. Unda o’tgan yillar davomida Botir Zokirov ijodiga murojaat qilgan, uning asarlarini namoyish etgan, bastakorlar, kompozitorlar, rangtasvir san’ati bilan e’tirofga sazavor rassomlar va ijodkorlar quyidagi nominatsiyalarda taqdim etiladi:

1. “Eng yaxshi estrada xonandasi”;   

2. “Eng yaxshi kompozitor”;   

3. “Eng yaxshi oranjirovkachi-bastakor”;   

4. “Eng yaxshi tasviriy san’at ustasi”;   

5. “Eng yaxshi targ‘ibotchi-ijodkor”;  

6. “Eng yaxshi prodyuser-tashabbuskor”.  

Toshkentdagi yangi, 100 mln. dollarga baholanayotgan mehmonxona

Toshkentdagi sobiq MXX binosi o’rnida quriladigan 22 qavatli mehmonxona qurilish loyihasiga Doniyor Kamilovich Metropol Group kompaniyasi 100 million dollar sarmoya kiritmoqda. Uning qurilishi O’zbekistonda 2024-yilning birinchi choragiga mo’ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi hukumat qarorida qayd etilgan.

Yaponiya imperatori farmoni bilan taqdirlangan o’zbek

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 2023-yilning noyabr oyida Yaponiya imperatori Naruxito farmoni bilan “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan taqdirlangan edi. Toshkentda ordenni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xatori Takashi Nuridinovni mukofoti bilan tabriklab, uning erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.