Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

2024-yil 19-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

O'zbekiston va Qozog'iston tovar aylanmasi 4 milliardga yetdi va kelgusi maqsadlar, 2 million dollarlik kelishuvga erishildi, tayinlov, yonilg'i narxida pastlash yuz bergan qism, katta miqdorda elektr energiyasi importi — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 19-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

O'zbekiston va Qozog'iston aloqalari

So'nggi yillarda Qozog'iston bilan tovar ayrboshlash surati o'sib, 4 milliard dollardan oshgan va ko'plab yutuqlarga erishilgan. 

Ayni paytda 156 million dollarlik qo'shma loyihalar ishga tushirilgan. Bundan tashqari, 1 milliard dollarlik yana 21 loyiha ishlab chiqilmoqda. 

Kelgusi maqsadlar esa savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish.

2 million dollarlik kelishuv

Hindistonda bo‘lib o‘tgan “Acrex India-2024” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari yangi hamkorlar bilan eksport kelishuviga erishdi.

40 dan ziyod davlat ishtirok etgan ko'rgazmada “O‘zeltexsanoat” uyushmasi a'zosi, “Infinity Copper Group” kompaniyasi misdan tayyorlangan yuqori sifatli mahsulotlarni namoyish etdi va natijada Hindistonning 2 kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi. 

Kelishuvga ko'ra O'zbekistondan qiymati 2 million dollarlik mahsulot yetkazib beriladigan bo'ldi.

Tayinlov 

O‘zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Yоqubov Odiljon Almahammadovich Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar Odiljon Yoqubov Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar lavozimida faoliyat olib borgan.

Dizel yonilg'isi narxi pastladi

"O‘zbekneftgaz" tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida dizel yonilg‘isining narxlari EKO dizel yonilg‘isi narxiga nisbatan 15 foiz arzonlashtirildi.

Uning narxi tonnasiga 11 608 190 so‘mdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirildi.

Bu bo'yicha ko'rsatmalar prezident rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda 12-fevralda berilgan edi.

Katta miqdorda elektr energiyasi importi

Turkmaniston Respublikasidan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi.

18 fevral kuni barcha elektr stansiyalar orqali jami 231,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqildi.