$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 16-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

day 16

''Sotib olish-ku qayda, ijaraga ham qurbing yetmasa''...

Toshkentda uy-joy narxi qanchalik baland ekanligi ma'lum edi. Endi esa ijaraga turish ham qimmatga tushar ekan.

O'rtacha ta'mirlangan 1 xonali uyularning ijara narxi 395 dollarni tashkil etgan

O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari 2023-yilning dekabr oyiga nisbatan o‘rtacha 1,2 foizga pasayib, 395 dollarni, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 0,2 foizga arzonlab, 442 dollarni tashkil etgan, lekin bu turdagi 3 xonali uylarning ijara narxlari 0,1 foizga (516 dollar), 4 xonali uylarning o‘rtacha ijara narxlari esa 0,4 foizga (597 dollar) oshgan.

Zargarlik san'ati rivoji

Zargarlik qadimdan san'at darajasida rivojlanib kelgandir. Oltin savdosida yetakchi bo'lgan O'zbekiston esa tayyor mahsulotni jahon bozoriga taqdim etishi zarur. 

Shu maqsadda Andijon tumanida Misr tajribasi asosida ishlab chiqarish va savdo markazini bir joyda jamlagan Zargarlik maxsus zonasi tashkil etilishi belgilandi. 

To'qimachilik sanoati uchun qulaylik

Andijon viloyati to'qimachilik klasterlari 43% ip-kalavani xomashyo shaklida 4 barobar arzon sotayotgani qayd etilib, qayta ishlashni 100 % ga yetkazish muhimligi ta'kidlandi va bu borada vazifalar belgilab olindi. 

Shuningdek, “angar” usulida kichik to‘qimachilik binolari qurilib, 7 yilda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tadbirkorlarga beriladigan bo'ldi.

Endi konim bor desa ham ishonish mumkin

Andijon tumanida g‘isht va cherepitsa xomashyosi, Ulug‘norda silikat qum, Marhamatda bazalt, Buloqboshida marmar, g‘isht va cherepitsa xomashyosi hamda ohak zaxiralaridan unumli foydalanib, 20 ta konni auksionga chiqarish va 150 million dollarlik loyihalarni shakllantirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Amaliy san'at ijodkorlari uchun qulaylik

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda yoshlar rassomchilik, kulolchilik va haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilishlari uchun sharoit yetarli emasligini qayd etdi.

Shu bois “Yangi Andijon” massivida Amaliy san’at ijodkorlari markazi barpo qilinadi.

Belarus prezidentiga ishonch yorlig'i topshirildi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko sakkiz xorijiy mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Belarus prezidenti ishonch yorliqlarini O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, Yaponiya, Nepal, O‘mon Saltanati va Gvineya Respublikasi elchilaridan qabul qilib oldi.

An’anaga ko‘ra, yetakchi har bir elchi bilan davlatlar o‘rtasidagi sheriklik holatiga qisqacha to‘xtaldi.

Теги :
Jamiyat