$
 12013.52
-10.88
 13649.76
6.88
 159.95
-0.46
weather
+26
Кечаси   +14°

Guruh bosqichi yakunlandi: Pley-offda bizni qanday o‘yinlar kutyapti?

JCH-2026

Jahon chempionatida guruh bosqichi rasman yakunlandi va endi turnir hal qiluvchi bosqichga kirib bormoqda. Tarixda ilk bor 48 terma jamoa ishtirok etayotgan mundialda guruhlardan 32 jamoa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Musobaqaning yangi formatiga ko‘ra, chempionlik uchun kurash endi 1/16 finaldan boshlanadi.

Guruh bosqichida 12 ta guruh g‘oliblari, 12 ta ikkinchi o‘rin egalari hamda eng yaxshi natija qayd etgan sakkizta uchinchi o‘rin jamoasi pley-offga chiqdi. Endilikda barcha uchrashuvlar “yutasan yoki musobaqani tark etasan” tamoyili asosida o‘tkaziladi.

1/16 final bosqichida quyidagi juftliklar o‘zaro to‘qnash keladi:

Janubiy Afrika — Kanada

Braziliya — Yaponiya

Germaniya — Paragvay

Niderlandiya — Marokash

Kot-d'Ivuar — Norvegiya

Fransiya — Shvetsiya

Meksika — Ekvador

Angliya — Kongo Demokratik Respublikasi

Belgiya — Senegal

AQSh — Bosniya va Gersegovina

Ispaniya — Avstriya

Portugaliya — Xorvatiya

Shveysariya — Jazoir

Avstraliya — Misr

Argentina — Kabo-Verde

Kolumbiya — Gana

Pley-off setkasi ham allaqachon shakllangan. Masalan, Braziliya va Yaponiya uchrashuvi g‘olibi Kot-d'Ivuar hamda Norvegiya bahsi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Germaniya yoki Paragvay esa Fransiya va Shvetsiya juftligi g‘olibi bilan chorak final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Setkaning boshqa qismida esa Ispaniya va Portugaliya, shuningdek AQSh va Belgiya kabi kuchli jamoalar bir yo‘nalishda joylashgan. Argentina esa Kabo-Verde to‘sig‘idan o‘tsa, keyingi bosqichda Avstraliya yoki Misr bilan uchrashadi.

Markaziy bahslar

Mutaxassislar fikricha, 1/16 finalning eng markaziy bahslari qatoridan Germaniya — Paragvay, Fransiya — Shvetsiya, Portugaliya — Xorvatiya hamda Belgiya — Senegal uchrashuvlari o‘rin olgan. Shu bilan birga, Angliya, Braziliya, Ispaniya va Argentina kabi favoritlar ham ilk pley-off sinovidan muvaffaqiyatli o‘tishga harakat qiladi.

2026-yilgi mundialning yangi formati tufayli pley-off bosqichi avvalgidan ham uzun va keskin tus olmoqda. Endi har bir uchrashuv jamoalar uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bitta mag‘lubiyat esa chempionlik orzulariga yakun yasaydi.

Теги :
Jamiyat