$
 12017.04
26.78
 13712.64
-25.8
 160.63
-1.6
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda hali ham keyingi bosqichga chiqish imkoni bor: Xo‘sh, qanday natija bizni pley-offga olib chiqadi?

Khusanov vs Ronaldo Foto: gettyimages

Jahon chempionati guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston o‘rin olgan “K” guruhida hozirgi vaziyatda milliy jamoamiz 0 ochko bilan 4-o‘rinni band qilib turibdi. Shunday bo‘lsa-da, Kolumbiyaning Kongo DR ustidan qozongan g‘alabasi “oq bo‘rilar”ga guruh bosqichini 3-o‘rinda yakunlashi uchun kurashish hamda pley-offga yo‘l olish imkonini taqdim etdi. 

Terma jamoamizning pley-off bosqichiga yo‘llanma olishi atrofidagi vaziyat ayni paytda juda murakkab tus olgan. Mavjud 3 ochko va to‘plar nisbati bilan keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etish ehtimoli deyarli nolga teng bo‘lib turibdi. Matematik nuqtai nazardan, vaziyatni tubdan o‘zgartirish uchun Kongo terma jamoasi ustidan o‘ta yirik hisobda g‘alaba qozonish talab etiladi, biroq voqealar rivojining bunday kechishi real haqiqatdan ancha uzoq.

Hozirgi sharoitda eng minimal ko‘rsatkich bilan bo‘lsa ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushish shart. Ammo pley-off yo‘llanmasi nafaqat ushbu o‘yinga, balki parallel ravishda boshqa guruhlardagi 3-o‘rinni egallagan jamoalarning 3 ochkodan kamroq to‘plashiga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Buning uchun esa boshqa guruhlarda ma’lum bir natijalar qayd etilishi zarur.

Kim kimga yutqazmasligi kerak?

A guruhidagi ssenariy nisbatan barqaror ko‘rinishga ega. Bu yerda guruh favoritlari hisoblangan Meksika o‘z maydonida Chexiyaga, Janubiy Koreya esa Janubiy Afrikaga imkoniyatni boy bermasa, biz uchun zarur sharoit yuzaga keladi. Ushbu uchrashuvlarda hatto durang natija ham bizni qoniqtirsa-da, hisob-kitoblarning yakuniy formulasida har ikkala favoritning g‘alaba qozonishi asos qilib olinadi.

B guruhida esa vaziyat biroz boshqacha. Bu guruhda Qatar va Bosniya terma jamoalari o‘zaro bahsda durang o‘ynashi eng maqbul variant hisoblanadi. Agarda ushbu to‘qnashuvda tomonlardan birortasi g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, u holda ko‘zimizni E guruhiga qaratishga majbur bo‘lamiz. Bunday vaziyatda guruh favoriti Germaniya Ekvadorni mag‘lub etishi shart. Real kuchlar nisbatidan kelib chiqib qilingan prognozlar Bosniyaning g‘alabasi, Ekvador va Kyurasaoning esa mag‘lubiyatga uchrashini ko‘rsatmoqda.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, C, D, F, J va L guruhlaridagi vaziyat hamda yakuniy natijalar biz uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Mazkur guruhlarda uchinchi o‘rinni band etadigan jamoalar har qanday holatda ham turnir jadvalida bizdan yuqorida bo‘lishi 99 foizlik ehtimol bilan aniq bo‘lib ulgurgan.

Asosiy umidlar G va H guruhlaridagi hisob-kitoblarda

Pley-offga chiqishimiz bilan bog‘liq asosiy umidlar va strategik hisob-kitoblar aynan G va H guruhlaridagi natijalarga tayanadi. G guruhida biz uchun yagona yechim – Misr bosqichni birinchi o‘rinda yakunlashi uchun Eron ustidan g‘alaba qozonishi shart. Agar Belgiya Yangi Zelandiya ustidan g‘alaba qozonib tursa, Misr birinchi o‘rin uchun kurashishi tabiiy.

H guruhida esa Ispaniya dastlabki turdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng guruh peshqadamligini qo‘lga kiritish uchun bor kuchini ishga solishi va Urugvayni taslim etishi kutilmoqda. Guruhning qolgan a’zolari — tarkibida Vozinyadek mega yulduzi bo‘lgan Kabo-Verde hamda Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi uchrashuv natijasi bizning umumiy holatimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Biz uchun asosiysi — Ispaniyaning g‘alabasi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar va Kongo bilan hal qiluvchi bahs

Ushbu murakkab matematik zanjirda muqobil, ya’ni bonusli variant ham mavjud. Agarda yuqorida keltirilgan ssenariylardan birortasi amalga oshmay qolsa, Iroq terma jamoasidan mo‘jiza kutishga to‘g‘ri keladi. Agar ular Senegal bilan o‘yinda durang natija qayd eta olishsa, bizning pley-offga chiqish imkoniyatlarimiz yana jonlanadi. Biroq, mavjud real kuchlar nisbati tahlil qilinganda, Senegal baribir g‘alaba qozonishi ehtimoli yuqori.

Eng e’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston terma jamoasi Kongo bilan maydonga tushgunga qadar, parallel ravishda 10 ta guruhda uchrashuvlar to‘liq yakunlanib bo‘ladi. Bu esa hal qiluvchi o‘yingacha pley-off poygasidan butunlay chiqib ketishimiz mumkinligini ham, yoki aksincha, barcha matematik hisob-kitoblar ijobiy yakunlanib, taqdirimiz faqat o‘z qo‘limizda qolishini ham anglatishi mumkin. Har qanday holatda ham, maydondagi yagona vazifa — Kongo terma jamoasini qanday qilib bo‘lmasin mag‘lub etishdan iborat.

Agar biz yuqorida sanab o‘tgan barcha ssenariylar amalga oshsa, yakuniy 3-o‘rinlar jadvali quyidagicha tus oladi:

Теги :
Jamiyat