$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Playstation 6 qachon chiqadi?

Playstation

Sony Interactive Entertainment Worldwide Studios kompaniyasining sobiq rahbari Shoun Layden PlayStation 6 o‘yin konsoli haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Unga ko‘ra, Sony kelajakdagi konsolida optik disk drayverini saqlab qolishi mumkin. Bu haqda Techradar.com nashri ma’lum qildi.

Kompaniyada majburiyat bor

Laydenning ta’kidlashicha, Sony dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarning ehtiyojlarini inobatga olish majburiyatiga ega, chunki ko‘plab davlatlarda yuqori tezlikdagi internetdan foydalana olish imkoniyati cheklangan.

Kompaniyaning asosiy savollardan biri shuki:

“Agar biz disklardan voz kechsak, bozorimizning qanchalik katta qismini yo‘qotamiz? Masalan, Italiya yoki boshqa mamlakatlarning qishloq joylarida yashovchi foydalanuvchilar raqamli o‘yinlarni yuklab olish uchun yetarlicha sifatli internetga ega bo‘ladimi?”

Disk drayveri nima uchun muhim?

Layden, shuningdek, sayohatlarda konsol o‘ynaydigan sportchilar yoki internet ulanishi cheklangan harbiy bazalarda xizmat qilayotganlar uchun disk drayveri muhim ekanini ta’kidladi.

Hozircha PlayStation 6 haqida rasmiy e’lon berilmagan, ammo Laydenning fikrlari Sony kelajakdagi o‘yin konsolini ishlab chiqishda qanday strategik qarorlar qabul qilishi mumkinligi haqida tasavvur beradi.

Nega Xbox Playstation bilan raqobat qila olmayapti?

Microsoft allaqachon Xbox Series S’ning faqat raqamli versiyasini taqdim etgan bo‘lsa-da, Sony butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa, internet imkoniyati cheklangan hududlarda kengroq auditoriyaga ega bo‘lishi sababli disk drayveridan to‘liq voz kechishi ehtimoldan yiroq.

Playstation 6 chiqishi

PlayStation 6 pristavkasini ishlab chiqish 2023-yildan boshlab olib borilmoqda va u taxminan 2027-2028-yillarda bozorga chiqarilishi kutilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, u hamon AMD platformasiga asoslangan bo‘ladi. Yakuniy texnik xususiyatlari hali tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, Sony kompaniyasi PS6 ni o‘z avlodidagi eng samarali o‘yin konsoliga aylantirmoqchi ekanligi xabar qilingan.

Playstation 5da 2024-yilda eng yaxshi o‘yin qaysi bo‘ldi?

Yilning eng yaxshi PlayStation loyihalari uchun ovoz berishda butun dunyodan 1,6 million o‘yinchi ishtirok etdi.

2024-yilning eng yaxshi PlayStation 5 oʻyini sifatida geymerlar Yaponiyaning Team Asobi studiyasi tomonidan yaratilgan Astro Bot oʻyinini tanlashdi.

Shuningdek, eng yaxshi badiiy sahnalashtirish, eng yaxshi audio dizayn uchun mukofotga sazovor bo‘ldi.

O‘yinchilarga Astro Bot o‘yinining xilmaxilligi yoqdi – o‘yin 80 dan ortiq bosqichdan iborat. Bundan tashqari, Astro Bot personajlari PlayStationʻning eng mashhur oʻyinlari va franshizalari, jumladan, Horizon va God of Warʻga havola qiladi.

PlayStation 4da eng yaxshisi Call of Duty

PlayStation 4 platformasining eng yaxshi oʻyini sifatida foydalanuvchilar Treyarch va Raven Software studiyalari tomonidan yaratilgan Call of Duty: Black Ops 6 oʻyinini tanlashdi. Mashhur shuterning yigirma birinchi qismi oʻyinchilarni kutilmaganda qiziqarli va mantiqiy syujet bilan xursand qildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “Call of Duty”ning yangi qismi harbiy epikdan ko‘ra ko‘proq josuslik trilleriga o‘xshadi. Bu oʻyinning sifatiga ijobiy ta’sir koʻrsatgan.

Теги :
Jamiyat