$
 12309.99
-10.35
 14666.12
51.73
 159.64
0.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Iste’molchilarni eng ko‘p norozi qilgan platformalar qaysi?

Platforma

O‘zbekistonning elektron tijorat bozorida o‘sish sur’atlari bilan birga, iste’molchilar va xizmat ko‘rsatuvchi platformalar o‘rtasidagi ziddiyatlar ham ko‘payib bormoqda. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2025-yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan hisoboti bu boradagi vaziyatni ochiqladi.

9,6 ming nafar fuqaroning huquqi tiklandi

O‘tgan yil davomida qo‘mitaga elektron tijorat subyektlari faoliyati yuzasidan jami 3 100 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Mazkur shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijasida 9,6 ming nafar fuqaro foydasiga jami 7,3 mlrd so‘m mablag‘ undirib berildi.

Murojaatlarning asosiy mazmuni shartnoma shartlarining buzilishi, sifatsiz tovarlarni almashtirish, kafolatli xizmat ko‘rsatmaslik, shuningdek, muddatli to‘lov va yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga olgan.

Shikoyatlar reytingi: Kim “lider”?

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, murojaatlarning yarmidan ko‘pi (55,4%) yirik bozor ishtirokchilari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shikoyatlar soni bo‘yicha platformalar quyidagicha taqsimlangan:

  • Uzum Market: 851 ta murojaat (27,8%)
  • Uzum Nasiya: 842 ta murojaat (27,6%)
  • Yandex: 329 ta murojaat (10,8%)
  • Texnomart: 168 ta murojaat (5,5%)
  • Ishonch: 166 ta murojaat (5,4%)
  • Alif shop: 150 ta murojaat (4,9%)
  • Uzum Tezkor: 115 ta murojaat (3,8%)
  • Boshqalar (Openshop.uz, ZoodMall, IDEA): Jami 5 foizdan kamroq.

Mas’uliyat va natija: Qaysi kompaniya mijozni tinglaydi?

Qo‘mita hisobotida nafaqat shikoyatlar soni, balki ularni bartaraf etish darajasi ham alohida qayd etilgan. Umuman olganda, iste’molchilarning 84,8 foiz holatda huquqlari tiklangan.

Qonunbuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish va mijoz bilan muloqotga kirishish bo‘yicha IDEA (84,8%), Uzum Tezkor (82,6%) va Ishonch (81,3%) eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Aksincha, Yandex platformasi bu borada eng sust ko‘rsatkichga (63,5%) ega bo‘lib turibdi.

Ushbu statistik ma’lumotlar raqamli iqtisodiyot sharoitida servis sifatini oshirish nafaqat imij, balki qonuniy majburiyat ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Теги :
Jamiyat