Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 92 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

Barcha davlat tashkilotlarining veb-saytlari yagona platformaga biriktiriladi

Bunda davlat organlarining rahbarlari tashkilotining rasmiy veb-sayti yagona platformada yuritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Barcha davlat tashkilotlarining veb-saytlari yagona platformaga biriktiriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina yagona platforma (gov.uz) orqali yuritiladi.

Bunda davlat organlarining rahbarlari tashkilotining rasmiy veb-sayti yagona platformada yuritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Har olti oyda ekspertizadan oʻtkaziladi

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK esa Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda yagona platformani har olti oyda begʻaraz asosda kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazib boradi.

Veb-saytlar yagona platformaga oʻtkazilgandan keyin bir hafta ichida eski saytlar yopiladi yoki ular avtomatik ravishda yangi manzilga yoʻnaltiriladi.