$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Jamoat transportlari boʻyicha maʼlumot beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi

PLAT

Temir yoʻl, havo transporti va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma yaratiladi va ishga tushiriladi. Bu haqda Transport vazirining tegishli buyrugʻi qabul qilindi.

Platforma 20-noyabrdan sinov tariqasida ishga tushiriladi

Buyruqda keltirilishicha, shu yilning 20-noyabr kuniga qadar platformani tajriba-sinov tariqasida ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi.

Shuningdek, shu yilning 1-dekabridan boshlab Uztrans axborot tizimida transportning barcha turlari uchun chipta qidirish imkoniyatiga ega modul faoliyati toʻxtatiladi.

Yagona onlayn platforma

Joriy yilning iyul oyida qabul qilingan Prezident farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrgacha xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm ko‘rgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontenti ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

2024-yil 1-dekabrgacha barcha avia, temiryo‘l va avtobus qatnovlari haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi. 

Transport vazirligi olib borilayotgan ishlarning OAVda yoritib borilishiga masʼul

Transport vazirligi:

avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qiladi;

Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni, Yangi yil bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) hamda Qurbon hayiti diniy bayramlarini nishonlash davrida respublika hududlarini bog‘lovchi qo‘shimcha avia, temiryo‘l va avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi;

amalga oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, ochilayotgan yangi reyslar, reyslardagi yuklamalar, shakllantirilayotgan yangi avia va temiryo‘l marshrutlari to‘g‘risida ma’lumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi.