$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda maxsus uskunalarga topshirilgan har bir plastik idish uchun pul to‘lash mexanizmi yaratiladi

plastik

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil 1-noyabrga qadar plastik chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha quyidagi xalqaro tan olingan mexanizmlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.

Qanday majburiyatlar bor?

Hujjat plastik qadoqlar yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga nisbatan “taralarni qaytarish”, fuqarolarga chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus uskunalarga topshirilgan har bir plastik idish uchun to‘lov qilish imkoniyatini yaratish kabi majburiyatlar joriy qilishni nazarda tutadi.

Plastmassaning eng yirik iste’molchilari 

O‘zbekistonda yiliga 10,2 mln. tonna chiqindi hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi plastmassadan iborat. 2022-yilda plastik hajmi 2013-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshdi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan inventarizatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, plastmassaning eng yirik iste’molchilari qadoqlash, transport va qurilishdir.

Respublikaning deyarli har bir hududida plastmassa buyumlari, jumladan, idish-tovoq va qop ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Bundan tashqari, mamlakatga plastik mahsulotlar importi eksportdan sezilarli darajada oshib, 2023-yilda 158,5 ming tonnani, 487,5 mln dollarni tashkil etdi.

Hisobotda plastik chiqindilarni samarali boshqarish uchun infratuzilmani rivojlantirish zarurligini ta’kidlangan. Ayniqsa, poliyetilen, polipropilen va PET uchun qayta ishlash korxonalari sonining ko‘payishi chiqindi poligonlariga tashlanadigan chiqindilar hajmini sezilarli darajada kamaytiradi va qayta ishlashning iqtisodiy rentabelligini oshiradi.

Теги :
Jamiyat