Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°

Yangi tayinlangan pensiyalar soni maʼlum

Pensiya jamg‘armasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tayinlangan pensiyalar sonini maʼlum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Yangi tayinlangan pensiyalar soni maʼlum

Pensiya jamg‘armasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tayinlangan pensiyalar sonini maʼlum qildi.

Pensiya taqsimoti

Ma'lum bo'lishicha, birinchi chorakda O‘zbekiston bo‘yicha 70 384 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 58 888 nafari yoshga doir pensiya, 7 532 kishi nogironlik pensiyasi ola boshlagan. Qolgan 3 964 ta oilaga esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan. Ma'lumot uchun, 2023-yilda Pensiya jamg‘armasi tomonidan jami 292 ming nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 241,2 ming kishi yoshga doir pensiya, 32,2 ming kishi nogironlik pensiyasi va 18,6 ming oila boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini ola boshlagan.

4 million pensiya oluvchilar

Qayd etilishicha, ayni dam mamlakatda jami pensiya oluvchilar soni qariyb 4 million nafarni tashkil etadi. Ularning 3,1 million nafari pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oladi. Ma’lumot o'rnida, 2023-yilda fuqarolarning barcha turdagi pensiyalariga 53 trillion 596 milliard so‘m to‘lab berilgan. Joriy yildagi ko‘rsatkich undan ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, 2022-yilda to‘langan jami pensiya pullari 44,9 trillion so‘mni tashkil etgan.