$
 12482.38
69.4
 14540.72
154.08
 155.23
0.95
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyoda pensiyaga chiqish yoshi erkaklar va ayollar uchun necha yosh?

Pensiya

Ko‘pgina mamlakatlarda pensiyalar soliq yoki ijtimoiy chegirmalarga tortilmaydi. Boshqalarida esa daromad solig‘i chegirib tashlanadigan daromadga tenglashtirilgan. Pensiyadan tibbiy sug‘urta badallari yig‘adigan davlatlar ham yo‘q emas.Pensiya yoshi ham dunyo mamlakatlarda turlicha.

Markaziy Osiyoda pensiya chiqish yoshi necha?

Masalan, Markaziy Osiyo davlatlarida ichida Oʻzbekistonda pensiyaga chiqish yoshi erkaklar va ayollar uchun ancha yosh. Markaziy Osiyo davlatlarida pensiyaga chiqish yoshi - ayollarda 55 yoshdan 61 yoshgacha, erkaklarda esa 60 yoshdan 63 yoshgacha boʻlgan yoshni tashkil etmoqda.

Xususan, 2024-yil fevral oyi holatiga koʻra:

Oʻzbekistonda - erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yoshdan;

Qozogʻistonda - erkaklar 63 yosh, ayollar 61 yoshdan;

Qirgʻizistonda - erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;

Tojikistonda - erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;

Turkmanistonda - erkaklar 62 yosh, ayollar 57 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.

Oʻzbekistonda nechta pensioner bor?

Maʼlumot uchun, 2023-yil uyun holatiga koʻra, respublikada pensiya oluvchilar soni 3 million 839 ming 508 nafarni, nafaqa oluvchilar 608 ming 89 nafarni tashkil qilmoqda:

yoshga doir pensiya oluvchilar 3 millon 182 ming 617 nafar,

nogironlik pensiyasini oluvchilar 426 ming 532 nafar,

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar 230 ming 359 nafardir.