$
 12019.08
-82.76
 13689.73
-122.1
 153.87
0.12
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda deyarli har to‘qqizinchi odam pensioner

Nafaqa

Mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot tizimi qamrovi va pensiya to‘lovlariga oid yangilangan statistika e’lon qilindi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi taqdim etgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda pensionerlar sonining eng yuqori ko‘rsatkich bo‘yicha ulushi Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu hududda har sakkizinchi fuqaro pensiya to‘lovlarini oladi.

2026-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha umumiy pensiya oluvchilar soni 4 million 361 ming 432 kishiga yetdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatimiz jami aholisining taxminan 11 foizini tashkil etadi, ya’ni respublikada har 100 kishidan 11 nafari pensiya ta’minotidan foydalanmoqda.

To‘lovlarning toifalari kesimidagi tahliliga nazar tashlansa, asosiy ulush yoshga doir pensiya oluvchilarga tegishli. Ular 3 million 617 ming 889 nafarni yoki umumiy pensionerlarning qariyb 83 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, 482 ming 243 kishi (11 foiz) nogironlik pensiyasini, 261 ming 300 kishi esa (6 foiz) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olib kelmoqda.

Yillik dinamika va o‘sish ko‘rsatkichlari

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda, pensiya ta’minotidagi umumiy kontingent sezilarli darajada kengaygan. Bir yil ichida pensionerlar soni 158 ming 897 nafarga yoki 3,8 foizga ko‘paydi.

O‘sish sur’ati pensiya turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: yoshga doir pensiya oluvchilar soni 139 ming 940 nafarga (+4,0 foiz), boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya oluvchi oilalar soni 12 ming 224 nafarga (+4,9 foiz) va nogironlik pensiyasini oluvchilar soni 6 ming 733 nafarga (+1,4 foiz) oshgan.

Hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘yicha o‘rtacha pensiya miqdori 1 million 688 ming so‘mni, eng kam pensiya miqdori esa 878 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Hududiy taqsimot

2

Mamlakatimizdagi pensiya oluvchilarning asosiy qismi to‘rtta yirik hududda jamlangan. Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlari birgalikda respublikadagi jami pensionerlarning 41 foizini qamrab oladi. Aksincha, eng kichik ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 111 ming 319 nafar pensiya oluvchi ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich yetakchi Farg‘ona viloyatidagidan 4,6 baravar kam demakdir.

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, hududlar kesimida nogironlik pensiyasini oluvchilarning umumiy pensionerlar sonidagi ulushi bo‘yicha ham alohida farqlar kuzatiladi. Bu borada eng yuqori ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati (18,2 foiz), Sirdaryo viloyati (17,7 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (15,3 foiz) qayd etilgan.

So‘nggi yangilanishlar

Joriy yilning 1-iyulidan e’tiboran mamlakatda pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi. kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 983 ming so‘m deb belgilandi. Shu bilan birga, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori ham qayta ko‘rib chiqilib, oyiga 1 million 83 ming so‘mga yetkazildi.

Теги :
Jamiyat