$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Proaktiv” pensiya qanday tayinlanadi?

Pensiya Daryo

Ma’lumki, 2025-yil 1-martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar “avtomatik” tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi.

Bu qanday amalga oshiriladi?

Fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.

Buning natijasida:

  • Birinchidan, fuqarolardan pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.
  • Ikkinchidan, pensiya yoshiga yetgan fuqaroga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida uning telefon raqamiga “pensiya tayinlanganligi va uning miqdori” to‘g‘risida sms yuboriladi.

Pensiyani rad etish huquqi

Shuningdek, pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan yoki pensiya miqdoridan norozi bo‘lgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani rad etish huquqi berilmoqda.

Fuqarolar pensiya tayinlanganidan, pensiya miqdoridan yoki pensiya tayinlanishi rad etilganidan norozi bo‘lgan taqdirda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Теги :
Jamiyat