O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 584 mingdan oshdi
Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
2 daqiqa o‘qiladi

"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda rasman ishlayotgan pensionerlar soni 584 336 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Ayollar ulushi ko‘proq
Rasman ishlayotgan pensionerlar orasida ayollar soni 348 917 nafar (59,7%)ni, erkaklar esa 235 419 nafar (40,3%)ni tashkil qilmoqda. Shundan davlat tashkilotlarida ishlayotganlar 245 125 nafar (42%) bo‘lsa, xususiy sektorda faoliyat olib borayotganlar 339 211 nafar (58%)ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida
Qaysi hududlarda ko‘proq TOP-5:
Toshkent shahri – 99 075 nafar (16,9%);
Toshkent viloyati – 54 758 nafar (9,4%);
Samarqand viloyati – 50 553 nafar (8,6%);
Andijon viloyati – 49 327 nafar (8,4%);
Farg‘ona viloyati – 49 059 nafar (8,3%).
Pensiya oluvchi fuqarolar soni
Ma’lumot uchun 2024-yil 1-iyun holatiga Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 8 ming 597 nafarni tashkil qilgan. May oyida esa ular soni 3 mln 998 ming 966 nafar bo‘lgan.
5 oyda 124 mingdan ortiq fuqaroga pensiya tayinlangan
Shuningdek, joriy yilning yanvar-may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 102 610 nafar fuqaroga yoshga doir, 14 388 nafar fuqaroga nogironlik hamda 7 186 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.



