$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Bolalikning oʻldirilishi: Pedofiliyaga koʻnikkan jamiyatmizmi, befarq?

pedophilia iconic

Toshkent sudi tomonidan “ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat” deya talqin qilingan huquqbuzarlikka Qozog‘iston Respublikasida umrbod qamoq jazosi qo‘llanadigan bo‘ldi. Biroz avval ijtimoiy tarmoqlar orqali Qozog‘iston parlamenti bolalarni o‘ldirish va pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosini qo‘llashni ma’qullagani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, qo‘shnilarimiz 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikni ham joriy qilgan. 

O‘zbekistonda vaziyat qanday? 

Ma’lum bo‘lishicha, Xorazmdagi yetimxona qizlariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik yuzasidan ochilgan shov-shuvli ish bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi tomonidan 2023-yilning 3-noyabr kuni uch yil ozodlikdan mahrum qilingan Adliya vazirligining sobiq xodimlari A.M. va A.K. jazo muddatini qamoqda emas, manzil koloniyada o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar qildi. 

Jamoatchilikni aldash 

Tashanovning 16-fevral kungi sud hukmiga tayanib ma’lum qilishicha, Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, JKning 128-moddasi 1-qismi bilan sudlangan sobiq mulozimlar sud zalida qamoqqa olinganidan ko‘p o‘tmay manzil koloniyaga o‘tkazilgan. Tashanov bu holatni “jamoatchilikni aldash” sifatida baholagan. 

Biz bekorga shuncha baqir-chaqir qilibmiz 

“Ya’ni, pedofillar jazoni o‘tash uchun qamoqqa emas, manzil koloniyaga yuborilgan ekan. Boz ustiga ularning dastlabki suddan beri uylarida o‘tkazgan vaqtlari jazo muddatidan chegirib tashlangan ekan. Qozilarimiz shu qadar ayyor ekanki, jamoatchilikni “pedofillar uzil-kesil 3 yil qamoqda o‘tiradi” degan gapga ishontirishgan ekan. Aslida esa ular bor-yo‘g‘i 2 yildan ko‘proq manzil koloniyada o‘tirishadi, u yerdagi barcha shart-sharoitlardan foydalanishadi. Biz bekorga shuncha baqir-chaqir qilibmiz”, — deb vaziyatga munosabatini bildirgan Tashanov.

Pedofiliya oddiy jinoyat emas

Pedofiliya jinoyati uchun jazo choralari har bir mamlakatda turlicha bo‘lib, jinoyatning jiddiyligi, qurbonning yoshi va boshqa omillarga qarab o'zgaradi. Quyida AQSh, Fransiya, Germaniya, Turkiya va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda pedofiliyaga nisbatan qo'llaniladigan jazo choralari haqida umumiy ma'lumotlarni koʻrib chiqsak.

AQSh. AQShda pedofiliya bilan bog'liq jinoyatlar federal va shtat darajasida ko'rib chiqiladi. Jazolar qurbonning yoshi, jinoyatning jiddiyligi va qayta sodir etilish ehtimoli kabi omillarga qarab farqlanadi. Federal darajada, jinsiy zo'ravonlik yoki bolalar pornografiyasini tarqatish kabi jinoyatlarga ogʻir jazolar qo'llaniladi, bu esa ko'pincha uzun muddatli qamoq jazolari va jinsiy jinoyatchilar ro'yxatiga kiritilishni o'z ichiga oladi.

Fransiya. Fransiya qonunchiligi ham bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikni qatʼiy tarzda jazolaydi. Jazo, jinoyatning tabiatiga va qurbonning yoshiga qarab, bir necha yildan umrbod qamoq jazosigacha bo'lishi mumkin. Shuningdek, jinsiy jinoyatchilarning ro'yxatga olinishi va ularning faoliyatiga cheklovlar qo'yilishi mumkin.

Germaniya. Germaniyada pedofiliyaga nisbatan jazo choralari qat'iy qo'llaniladi. Jinoyatning turiga va qurbonning yoshiga qarab, jazo o'nlab yillik qamoq jazosidan tortib, psixiatrik muassasada davolanishgacha bo'lishi mumkin. Jinsiy jinoyatchilar uchun maxsus ro'yxatlar mavjud, va ularning jamiyatdagi harakatlari ustidan nazorat o'rnatiladi.

Turkiya. Turkiyada bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jiddiy jazolar belgilangan. Qurbonning yoshiga va jinoyatning jiddiyligiga qarab, jazo o'n yildan umrbod qamoq jazosigacha bo'lishi mumkin. Shuningdek, Turkiyada jinsiy jinoyatchilarni kuzatish va ularning jamiyatdagi faoliyatlarini cheklash tizimi mavjud.

Saudiya Arabistoni. Saudiya Arabistonida islom shariatiga asoslangan qonunchilik tizimi mavjud bo'lib, jinsiy jinoyatlarni juda qattiq jazolaydi. Pedofiliya kabi jinoyatlarga nisbatan jazo, odatda, qattiq va ommaviy ta'sir qiluvchi bo'lib, qamalish, kaltaklash yoki o'lim jazosini o'z ichiga olishi mumkin. Jazo, jinoyatning tabiatiga va shariat qonunlariga muvofiq belgilanadi.


Ilova: Saytning ichki qismidagi kirill yozuviga asoslangan rukn va ma’lumotlar tez kunda yangilanadi.