O‘zbekiston maktablarida qancha o‘qituvchi ishlaydi?
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, maktablarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni so‘nggi olti yilda 78,3 ming nafarga oshdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars berayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2019/2020-o‘quv yiliga nisbatan, ya’ni 6 yil ichida 78,3 ming nafarga ortgan.
O‘qituvchilar sonining yillik o‘sishi:
• 2019/2020-o‘quv yili – 486,6 ming
• 2020/2021-o‘quv yili – 508,2 ming
• 2021/2022-o‘quv yili – 510,0 ming
• 2022/2023-o‘quv yili – 521,6 ming
• 2023/2024-o‘quv yili – 547,7 ming
• 2024/2025-o‘quv yili – 564,9 ming
Bundan tashqari, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari soni 10 943 taga yetdi.



