O‘zbekistonning eng kuchli elektromontaj ustalari aniqlandi
Zamonaviy infratuzilma va sanoatni elektr energiyasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” milliy tanlovida ham energetika va elektromontaj sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Oddiy kasb egalarini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Oskar” darajasidagi ushbu taqdirlash marosimida “Elektromontaj” kasbi yo‘nalishida mamlakatimizning eng iqtidorli montajchi va energetik yoshlari e’tirof etildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Zamonaviy infratuzilma va sanoatni elektr energiyasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” milliy tanlovida ham energetika va elektromontaj sohasiga alohida e’tibor qaratildi.
Oddiy kasb egalarini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Oskar” darajasidagi ushbu taqdirlash marosimida “Elektromontaj” kasbi yo‘nalishida mamlakatimizning eng iqtidorli montajchi va energetik yoshlari e’tirof etildi.

Elektromontaj yo‘nalishi bo‘yicha eng kuchli mutaxassislar
Xavfsizlik, tezkorlik hamda aniqlikni talab qiluvchi bellashuvlarda quyidagi ishtirokchilar g‘olib va sovrindor bo‘lishdi:
1-o‘rin g‘oliblari:
- Abdusamatov Iqbolmirzo Abdusamat o‘g‘li (Sirdaryo viloyati, Shirin energetika texnikumi)
- Ubaydullayev Ulugʻbek Mashrabovich (Samarqand viloyati, Jomboy tuman 2-son texnikumi)
2-o‘rin sovrindorlari:
- Norqoʻziyev Saidumar Ulugʻmurod oʻgʻli (Samarqand viloyati)
- Abdulahatov Rahmiddin Baxtiyor oʻgʻli (Samarqand viloyati)
- Fayzullayev Azizbek Sherzodovich (Samarqand viloyati)
- Abdug‘aniyev Xasan Bahtiyor o‘g‘li (Toshkent shahri)
3-o‘rin sovrindorlari:
- Hasanov Asliddin Rahmidin o‘g‘li (Farg‘ona viloyati)
- Elyorov Ziyodulla Elyor o‘g‘li (Sirdaryo viloyati)
- Abduvahobov Umid Abdurayim o‘g‘li (Toshkent viloyati)
- Axmadaliyev Akmal Toxirjon o‘g‘li (Namangan viloyati)
- Toʻxtamishov Shukurjon Baxodir oʻgʻli (Surxondaryo viloyati)
- Axtamov Javohir Sherali o‘g‘li (Toshkent shahri)

Mahoratni xalqaro darajada namoyish etish fursati
Ushbu sohada e’tirof etilgan g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, medallar hamda pul mukofotlarini qo‘lga kiritishdi. Endi ular dunyo miqyosidagi WorldSkills xalqaro chempionatiga yo‘l olishadi. Xalqaro doirada O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib g‘olib bo‘ladigan usta-elektriklarga Prezident tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m mikdorida pul mukofoti beriladi.


