$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Sherlar” sherga o‘xshamayapti

Paxtakor

O‘zbekiston chempionatining 19-turiga kelib “Metallurg” mavsumdagi ilk g‘alabasini amaldagi chempion va mamlakatning xalqaro maydondagi asosiy bayroqdori “Paxtakor” ustidan qozondi. Bekobodliklar oxirgi marotaba bundan 8-yil avval bunday natijani qayd etgan.

8 yillik tarix yakunlandi

Bugun O‘zbekiston chempionatining 19-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Olmaliqda kechgan o‘yinda Bekobodning “Metallurg” jamoasi Toshkentning “Paxtakor” klubini mag‘lub qildi — 3:2. E’tiborlisi, “Paxtakor” 2016-yildan buyon ilk bor “Metallurg”ga yutqazdi. O‘sha yilda tug‘ilgan bola hozir maktabning 2 sinfida o‘qimoqda. O‘sha o‘yinda bekobodliklar o‘z uyida 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. 

Maksim Shatskixning yulduzi so‘ndi(mi?)

O‘yin yakunlangach, “Paxtakor” klubi rasmiy sahifasida jamoa rahbari, yirik tadbirkor va Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bosh murabbiy to‘g‘risida bayonoti paydo bo‘ldi. 

“Maksim Shatskixga kelajakda katta klublarda ishlashini tilayman. U vijdonli va insofli murabbiy. Jamoa so‘nggi uchrashuvlarda qayd etgan natijalardan afsusdaman. U hali katta klublarda ishlashiga umid qilishim haqida ko‘p marta o‘ziga aytganman”, — deydi klub raisi.

Toshkent bahonalarga ishonishda davom etadimi?

O‘z navbatida klubning bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘yin yakunlangach, matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

“Hammasiga o‘zingiz guvoh bo‘ldingiz, biz bugunni o‘yinni boy berdik. Futbolda uchrab turadigan holat. Biz e’tiborni yo‘qotdik, palapartishliklarga yo‘l qo‘ydik. Ketma-ket har 3 kunda o‘yin o‘tkazish oson emas. Futbolchi ham inson va unda ham charchoq kuzatiladi. Bilasiz, bir necha kun avval Elit Chempionlar ligasidagi o‘yinimizni o‘tkazdik. Shu boisdan turli o‘zgarishlar bizga zarur edi”.