$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga kredit berish shartlari o‘zgardi

paxta

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga kredit berish shartlari o‘zgartirildi.

Yangi shartlar

Paxta hosilini sotib olish va sotishning yangi tizimi shaffof, to‘laqonli va adolatli ishlashini ta’minlash, paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish bo‘yicha Respublika shtabining taklifiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kredit resurslari hisobidan paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga fyuchers shartnomalari bo‘yicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosini yig‘ib olish uchun kreditlar ajratiladi.

Kredit miqdori paxta xomashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi — 2 foiz) 10 oy muddatga, shu jumladan uch oylik imtiyozli davr bilan, keyingi 7 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan beriladi.

O‘zgartirishlar

Prezidentning 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risidagi nizomga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Hujjat 2024-yil 23-avgustdan kuchga kirgan.