$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yerni chuqurroq haydamadikmi?”: Yil paxta uchun yaxshi keldi, ammo hosil kam

Paxta

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov joriy yil mamlakatda 3.1 mln. tonna paxta dala maydonlaridan terib olinganini ma’lum qildi. U o‘zining tarmoqdagi sahifasida “bu kamida 1 mln. tonna tola degani! Sizlarga - ta’zim va rahmat! Sizlarsiz bu marralarga erisholmasdik, ming marta rahmat!”, deb yozdi. Ammo vaziyatga boshqa munosabat yo‘q. Qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning paxta haqidagi hazili xalqimiz ichida yaxshigina ommalashgan. Shu hazil qaysidir ma’noda vaziyatga mos keladigandek. 

“Minglab tonna paxta tolalari dalalarda qolib ketdi”

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov mavzuga munosabat bildirar ekan, hosil kam ekanligini va bu ob-havo bilan bog‘liq emasligini qayd etadi. “Agarda, hosildorlik kam bo‘lsa, uning sabablari ham aytilishi kerak edi. Joriy yil paxta tolasi bo‘liq-bo‘liq yetilishida joriy iqlim paxta fiziologiyasi uchun juda ham komfort bo‘ldi. Joriy El-Nino davrida yozda paxtaning ko‘sakchalaridan tortib, guligacha to‘kib tashlaydigan issiq, qurg‘oqchil havoli garmsel kuzatilmadi hisob, suv resurslari bilan bog‘liq vaziyat ham sezilarli barqaror kuzatildi. Yil paxta uchun zo‘r keldi. Ammo, paxta siyosati bilan bog‘liq muammolar sabab, minglab tonna paxta tolalari dalalarda qolib ketdi. Aslida, biz joriy yil o‘tgan va undan oldingi yillarga nisbatan ko‘proq hosil yaratishimiz mumkin edi.”, deb yozadi Abdulahatov. 

O‘tgan yilgi vaziyat

Masalan, 2023-yil paxta dalalaridan paxta hosilini yig‘ishtirib olish har qachongidan tezroq amalga oshirilgan. Iqlim o‘zgarishi, iyul oyini haddan tashqari issiq kelishi hududlarda paxta uchun samarali foydali haroratlarning xar doimgidan ko‘ra ko‘proq yig‘ilishiga olib kelib, bu viloyatlar 2023-yil 17-oktyabr kuniga kelib respublika xirmoniga 100 % paxta hosilini topshirishida ko‘ringan. Bu 2019, 2020, 2021 va 2022-yillarning mos davriga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 2019-yil 19-oktyabr kuni respublika xirmoniga rejadagi topshiriqning 75,56%i, 2020-yil shu kuni 85,35% i va 2021-yil 19-oktyabrda 89,8 % i hamda 2022-yil 19-oktyabrda 90.9% i topshirilgan.

 Bunga sabab aniq ob-havo emas

2023-yili respublikada 3.62 mln tonna paxta hosili 17-oktyabrdayoq xirmonga topshirilgan. 2022-yil esa qariyb 3,5 mln. tonna paxta hosili 28-oktyabr kuniga kelib yaratilgan. Paxtaning shartnomaviy rejadagi hosili 2019-yil 2 mln. 958 ming, 2020-yil 3 mln. 101 ming va 2021-yil 3 mln. 406 tonna belgilangan bo‘lsa, 2021-yil ham qariyb 3,4 mln. tonna paxta hosili xirmoni yaratilgan. Ma’lumotlardan anglash mushkul emas, mamlakatda yildan yilga bu borada o‘sish tendensiyasi ro‘y bergan. “Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmalarining paxta seleksiyasi ustida chuqur ilmiy yutuqlar asnosida respublikada o‘tgan yillari dalalardan ko‘p paxta hosili yaratilayotgan edi. Ammo, joriy yil unday bo‘lmadi. Bunga sabab aniq ob-havo emas”, deya yozadi iqlimshunos.

Теги :
Iqtisodiyot