$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent shahar hokimligi bozorlarda patta narxi oshirilishining sabablarini tushuntirdi

bozor

Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘im (patta) miqdorlari oshirilgani savdogarlar va xaridorlar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar hokimligi ushbu o‘zgarish bo‘yicha rasmiy tushuntirish berib, patta narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ochiqladi.

Patta to‘lovlari qanchaga oshdi?

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, patta to‘lovlari mahsulot turiga qarab turlicha oshirilgan:

 • Sabzavot mahsulotlari, non va non mahsulotlari – 10%

 • Uy buyumlari, kiyim-kechaklar, parranda mahsulotlari – 17-20%

 • Sitrus va tropik mevalar, konserva mahsulotlari, ichimliklar, gullar, avtomobil ehtiyot qismlari – 21-25%

 • Asal mahsulotlari va boshqa ayrim tovarlar – 26-29%

Asosiy sabab — xarajatlarning oshishi

Hokimlikning tushuntirish berishicha, patta pullari asosan bozor infratuzilmasini saqlash, yaxshilash va bozorni zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish uchun yo‘naltiriladi. 2025-yilga kelib, bozorlardagi umumiy xarajatlar 22% ga oshgan.

Masalan, Eski Juva dehqon bozori uchun xarajatlar quyidagicha ko‘paygan:

 • Yer solig‘i – 64%

 • Kommunal to‘lovlar – 17%

 • Rastalarni yangilash va ta’mirlash – 5,9 mlrd so‘m

 • Jami xarajatlar – 28,6 mlrd so‘m (156% o‘sish)

Shuningdek, butun shahar bo‘ylab 19 ta bozor va savdo komplekslarining umumiy xarajatlari 2022-yilda 256,3 mlrd. so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu raqam 383,5 mlrd. so‘mga yetishi rejalashtirilgan.

Tushum qayerga sarflanadi?

Bozorlarni ta’mirlash uchun tushumlarning atigi 15% i patta yig‘imlaridan keladi. Bu mablag‘ bozorlarni yoritish va obodonlashtirish, rastalarni ta’mirlash yoki yangisini qurish, yo‘laklarni asfaltlash va ta’mirlash, kommunikatsiya tarmoqlarini saqlash, 1 600 dan ortiq ishchilarning oylik maoshlarini to‘lash kabi ishlar uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, rasmiylar kelgusida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va savdogarlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

Теги :
Jamiyat