Anhor parkida rejalashtirilgan "lentalar yomg‘iri" bekor bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda 28 iyul kuni Toshkentdagi Anhor parkida osmondan lentalar yog‘ilishi va "lenta-shou" haqida xabarlar tarqaldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Lentalar "yomg‘iri"
Holatni Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, parkdagi amfiteatrda lenta-shou uyushtirilishi, bunda animatorlar tomonidan lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatilishi, "osmondan lentalar yog‘ilishi" esa e’tiborni jalb qilish uchun aytilgani ma’lum bo‘lgan.
Shou bekor qilindi
Bayram tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lishi, ekologiya uchun zararli ekani tushuntirildi.
Natijada shu kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan lenta-shou bekor qilingan hamda blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar o‘chirilgan.
Ekologiya vazirligi xiyobonlar, dam olish maskanlari, ko‘ngilochar obyektlar mutasaddilarini yuqoridagi kabi atrof-muhitga zarar keltiradigan shoular o‘tkazmaslikka chaqirgan.



