$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Parij-2024” ochilish marosimi bekor qilinadimi?

Parij 2024

Fransiya razvedka xizmatlari terrorchilik xavfi yuqoriligi sabab Parij Olimpiadasining ochilish marosimini bekor qilishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda razvedka manbasi “Europe 1” nashriga ma’lum qilgan.

600 ming tomoshabin

Ular Moskvadagi teraktdan so‘ng Fransiyaga “ommaviy terrorizmning qaytishi”dan xavfsiramoqda. Razvedka xizmati Sena daryosi bo‘yida 600 ming kishidan iborat tomoshabin ishtirokida sportchilar paradini o‘tkazish katta xavf tug‘dirishini ta’kidlagan.

Uxlab yotgan terrorchi guruh

Qayd etilishicha, maxsus xizmatlarda mamlakatda “afg‘on hududidan harakatga keltiriladigan” uch-to‘rt kishidan iborat terrorchi guruhlarning uxlab yotgan bo‘linmalari mavjudligi haqida ma’lumotlar bor.

“Yevro-2024” ham xavf ostidami?

Shuningdek, Germaniya rasmiylari ham Yevro-2024 sport o‘yinlarida terroristik hujumlardan xavfsirayotganini ma’lum qilgan. Ayni paytda ikki davlat mazkur sport tadbirlari davomida xavfsizlik kuchlarini birlashtirishga kelishib oldilar.

“Nemis politsiyasi Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida, Fransiya politsiyasi esa Germaniyadagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida xavfsizlikni ta’minlashda ko‘maklashadi”, – deya hamkorlikka izoh berdi Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer.

Parij-2024

Ma’lumot uchun, joriy yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari Parijda 26-iyuldan 11-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimi tarixda birinchi marta stadionda emas, balki ochiq maydonda, Fransiya poytaxtining diqqatga sazovor joylari, jumladan Notr-Dam sobori, Luvr va Eyfel minorasi fonida bo‘lib o‘tadi. Asosiy joy Sena daryosi bo‘lishi kutilmoqda. Paradda qatnashadigan sportchilar 160 ta qayiqda daryo bo‘ylab qariyb 6 km masofani suzib, so‘ngra Olimpiya olovini yoqish rejalashtirilgan Trokadero maydoniga yo‘l olishadi. Tashkilotchilar 600 ming tomoshabin ochilish marosimini jonli ravishda tomosha qilishini kutmoqda.

Теги :
Jamiyat