$
 12938.11
18.11
 14076.66
-25.52
 149.99
0.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Real hayotdagi “Parazit”: Xitoylik erkak uyining yerto‘lasida yetti yil yashirincha yashab kel sobiq uy egasini topdi

Parazit filmi. Yerto

Xitoyning Jiangsu viloyatida yashovchi Li ismli erkak o‘z uyining yerto‘lasida yetti yil davomida yashirincha yashagan sobiq uy egasini topdi. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Kutilmagan topilma

Li oilasi bilan 2018-yilda shahar markazidan 280 ming dollar evaziga zamonaviy ta’mirlangan uy sotib olgan. Ammo oradan yillar o‘tib, uy ichkarisini tartibga solish vaqtida u ilgari sezmagan yashirin eshikni aniqladi. Eshik ortida katta yerto‘la joylashgan bo‘lib, u ventilyatsiya tizimi, chiroqlar va hatto kichik bar bilan jihozlangani bilan ajralib turardi. Yerto‘la ichida kimdir yashab kelganiga aniq dalillar bor edi.

Sobiq uy egasining mantiqsiz da’vosi

Hodisa tafsilotlarini o‘rganish maqsadida Li uyning sobiq egasi – Zang ismli ayol bilan bog‘landi. Ayol esa yerto‘laning uy oldi-sotdi shartnomasiga kiritilmaganini da’vo qilib, uni o‘zining shaxsiy dam olish maskani deb atadi.

Zang: “Men sizga faqat uy sotdim, lekin yerto‘lani emas. Agar u sizga tegishli bo‘lsa, men qayerda yashayman?” – deya javob qaytargan.

Ayolning yerto‘laga qanday yashirincha kirib yurgani noma’lumligicha qoldi. Ba’zi foydalanuvchilar ayolda kalit nusxasi bo‘lishi mumkinligini, boshqalar esa yerto‘la garaj bilan bog‘langan bo‘lishi ehtimolini ilgari surdi.

Sud kimning foydasiga hal bo‘ldi?

Li yerto‘laning qonuniy tarzda unga tegishli ekanligini isbotlash uchun sudga murojaat qildi. Natijada, sud Zangni moliyaviy kompensatsiya to‘lashga majbur qildi hamda yerto‘laning huquqiy egasi sifatida Li tan olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi munozaralar

Mazkur voqea Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng muhokama qilindi. Ko‘plab foydalanuvchilar Zhangni “haqiqiy hayotdagi Parazit filmi qahramoni” deb atashgan. Chunki bu voqea Janubiy Koreyaning mashhur Parazit filmidagi syujetni eslatib yuborgan.

Bir foydalanuvchi: “Buning o‘zi dahshat! Tasavvur qiling, siz ustki qavatda yashaysiz, pastda esa notanish odam ichimlik ichib, televizor tomosha qilmoqda”, deb yozgan.

Boshqa bir foydalanuvchi esa Zangning harakatlarini iste’molchi huquqlarini buzish deb baholab: “Har qanday shartnoma halollik tamoyiliga asoslanishi kerak. Muhim ma’lumotni yashirish firibgarlikdan boshqa narsa emas”, degan fikrni bildirgan.

Sud qaroridan keyin Zang yerto‘lani tark etishga va Li foydasiga tovon to‘lashga majbur bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat