$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Olimlar oddiy panellardan 1000 baravar kuchli quyosh panelini yasashdi

Titan quyosh paneli

Tokio universiteti olimlari titandan ilk quyosh panelini yasashdi. Titan dioksidi (TiO₂) va selen (Se) asosidagi quyosh paneli kremniyli odatiy panellarga nisbatan solishtirib bo‘lmas darajada ko‘p elektr ishlab chiqaradi, deyiladi Unión Rayo portali xabarida.

Kremniyli panellardan 1000 baravar kuchli

Titanli panellar kremniyli panellardan 1000 baravar kuchli bo‘lishi mumkin.

Biroq favqulodda chidamli va korroziyaga bardoshli bu metall o‘ta qimmat. Shu bois tadqiqotchilar titanni ishlab chiqarishning nisbatan arzon yo‘llarini ham qidirishmoqda, jumladan, uni tozalashda ittriydan foydalanishni taklif etishyapti. An’anaviy usullar esa juda yuqori harorat va tannarxi ancha qimmatga tushuvchi kimyoviy jarayonlardan iborat.

Nisbatan kamxarj tozalash qobiliyati

Nodir minerallar tarkibida mavjud ittriy deyarli barcha sohalarda — yorug‘lik diodli ekranlardan tortib o‘ta yuqori o‘tkazuvchilargacha qo‘llanilmoqda. Ayni holatda esa uning ahamiyati nisbatan kamxarj tozalash qobiliyatiga egaligi va titan uchun quyosh energetikasi tomon yo‘l ochish imkoniyatiga egaligida.

Ittriyning titan mahsulotida qolishi uning yaroqlilik muddatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Biroq yakuniy titan mahsulotida ittriyning mikroskopik qoldiqlari qoladi, bu uning yaroqlilik muddatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Tadqiqotchilar oldida ana shu muammoni hal etish masalasi turibdi.

Nashrning yozishicha, agar tadqiqotchilar bu to‘siqdan oshib o‘tishsa, titan inqilobi tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Теги :
Jamiyat