$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda 10 mln. so‘mdan ziyod oylik oladigan fuqarolar soni oshdi

oylik

Yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘rta korxonalar 2 karra ko‘paydi.

Zararda ishlagan korxonalar yarim yilda trln. so‘m foyda qilgan

Ma’lum qilinishicha, aylanmasi 100 milliard so‘mdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p bo‘ldi.

Soliq, bank, moliya, butun iqtisodiyot kompleksi “mahallabay” va “mijozbay” ishlashni boshlagani natijasida oldin zarar bilan ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trillion so‘m foydaga chiqdi.

370 ming odam 10 mlndan ziyod oylik oladi

Bugungi kunda 100 tadan ortiq ishchisi bor korxonalar 3 mingga yaqinlashib, ulardagi ish o‘rni bir yilda 440 mingga ko‘paydi. Xususiy sektorda 5 million so‘mdan ko‘p maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million so‘mdan ziyod oylik oladi.

Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan ko‘ra qonuniy faoliyat, sog‘lom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat. Tadbirkorlik reytingida “A” va “B” – yaxshi toifaga kiruvchi korxonalar 91 mingga ko‘paydi, yana 170 ming korxona “D” – eng yomon toifadan chiqarildi. Buning hisobiga soliq tekshiruvlari o‘tgan yilga nisbatan 2 karra, jumladan, kameral tekshiruvlar 3 karra qisqardi.

Shuningdek, davrda yirik soliq to‘lovchilar tushumlari 10 foizga, viloyat darajasidagi korxonalarda 25 foizga, tuman tadbirkorlari to‘layotgan soliqlar 40 foizga o‘sdi.