$
 12718.08
23.08
 13710.09
61.7
 137.82
-0.3
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda qaysi viloyatlarning aholisi eng ko‘p oylik oladi?

Oylik Xabar

Mintaqalar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi e’lon qilindi, deb yozmoqda Burchak blogi.

Top uchlik

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni kutilganidek Toshkent shahri egalladi. Ma‘lum bo‘lishicha , Toshkent shahrida o‘rtacha oylik ish haqi 8,11 million so‘mga teng. Shuningdek, eng ko‘p oylik oladiganlar orasida ikkinchi o‘rinda navoiyliklar turibdi. Ularning oladigan o‘rtacha ish haqi 6,5 million so‘mni tashkil qilmoqda. Uchinchi o‘rinni esa poytaxtdan uncha uzoq bo‘lmagan Toshkent viloyati egallab turibdi. Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidagilar poytaxtliklardan 3,35 million so‘m kam maosh olar ekan, yani Toshkent viloyatida o‘rtacha ish haqi 4,76 million so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.

Quyi pog‘onalarni qaysi viloyatlar egallagan?

Reytingning boshi bo‘lganidek, oxiri ham bor. Unga ko‘ra, eng kam oylik ish haqiga ega viloyatlar Qashqadaryo(13-o‘rin) hamda Surxondaryo(14-o‘rin) bo‘lib turibdi. Aniq raqamlar keltiriladigan bo‘lsa, bu ikki viloyatda o‘rtacha oylik maosh 3,5 million so‘mga teng. Bu ikki violyatdan yuqoridagi yana ikki viloyatda ham o‘rtacha oylik bir xil. Bu viloyatlar 3,6 million so‘m oylik maosh bilan Samarqand hamda Namangan viloyatlari. Reytingda Samarqand 11, Namangan viloyati 12-o‘ringa qo‘yilgan.

Qolgan viloyatlar:

4. Andijon - 4,39 mln. so‘m

5. Qoraqalpog‘iston - 4,0 mln. so‘m

6. Xorazm - 4,0 mln. so‘m

7. Buxoro - 4,0 mln. so‘m

8. Sirdaryo – 3,9 mln. so‘m

9. Farg‘ona - 3,7 mln. so‘m

10. Jizzax - 3,7 mln. so‘m

Теги :
Жамият