$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon va Tohir Sodiqov uchun 6 oyga 684 mln. so‘m

Ovoz

O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan “Ovoz” (The Voice franshizasi) loyihasi tashkilotchilari uchun gonorarga byudjetdan salkam 2 mlrd. so‘m ajratilgan.

“Ovoz” loyihasi 

O‘zbekistonda jahonga mashhur “The Voice” loyihasining rasmiy franshizasi – “Ovoz” paydo bo‘ladi. 16-mart kuni "ZorTV" telekanalida teleko‘rsatuv taqdimoti va matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston ushbu teleloyihani translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan dunyodagi 76-davlat bo‘ldi. Ma'lum bo'lishicha, loyihaning hakamlar hay'atidan “Yalla” guruhi rahbari Farruh Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon, “Bolalar” guruhi solisti Tohir Sodiqov hamda O‘zbekiston xalq artisti, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o'rin oladi. Loyiha 4 oy davom etadi.

Loyiha shartnomasi

“Ovoz” musiqiy loyihasining tashkilotchilariga byudjetdan 1 mlrd 989 mln. so‘m ajratilishi ma'lum bo'ldi. Bu Madaniyat vazirligi hamda “Talent Show” MCHJ imzolagan shartnomada ko‘rsatilgan. Joriy yilning 2 aprel kuni imzolangan shartnomada “Talent Show” MCHJ loyihaning suratga olish xizmatlarini bajarishi keltirilgan. Tashkilotchilarga 6 oy davomida ma’lum summada gonorar to‘lanadi. Shartnomada vazirlik bajarilgan ishlar uchun haq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olishi ko‘zlangan.

Gonorarlar miqdori

Teleloyihada hakamlik qilishi ma'lum qilingan ustozlar (3 kishi, Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon va Tohir Sodiqov) uchun oyiga 38 mln. so‘mdan 6 oy davomida (684 mln. so‘m) gonorar yozilgan. Shuningdek, 6 nafar sozandaga 14,5 mln. so‘mdan 6 oy davomida 522 mln. so‘m, musiqa direktori uchun 38 mln. so‘mdan 6 oy davomida 228 mln. so‘m ajratilgan. Bundan tashqari, eng ko‘p gonorar badiiy rahbarga belgilangan — 57 mln. so‘mdan 6 oyda 342 mln. so‘m.