$
 12890.07
12.7
 13400.52
-101.4
 146.46
-1.71
weather
+26
Кечаси   +14°

OTP Group dzyudo sport turi bo'yicha “OTP Group Tashkent Grand Slam – 2025” xalqaro musobaqasining bosh homiysiga aylandi

Dzyudo

OTP Group joriy yilning 28 fevraldan 2 martgacha Toshkentdagi Yunusobod Sport majmuasida bo'lib o'tgan 2025 yilgi dzyudo bo'yicha Tashkent Grand Slam xalqaro musobaqasiga homiylik qildi. Tadbir sport olamida muhim ahamiyat kasb etadi va OTP Group va xalqaro sport hamjamiyati o'rtasidagi muhim hamkorlikni namoyish etdi.

Tadbir dasturlaridan o’rin olgan "Golden Score powered by OTP Group" tomonidan namoyish etilgan yorqin chiqishlar musobaqaning zavqli va hayajonli lahzalaridan biriga aylandi. Har bir musobaqa yakunida namoyish etilgan 30 daqiqalik maxsus shoularda esa tomoshabinlar yorqin effektlar va hissiy lahzalardan bahramand bo'lishdi. Xalqaro musobaqada mahoratli sportchilar bilan bir qatorda, sport ishtiyoqmandlarining ishtiroki turnirga qo'shimcha hayajon va zavqli onlarni olib kirdi hamda tomoshabinlarga unutilmas taassurotlarni ulashdi.

Tadbirning yana bir muhim jihati Ipoteka Bank OTP Group boshqaruvi raisi Sandro Rtveladzening g'oliblarni taqdirlash marosimidagi ishtiroki bo'lib, hamkorlikning ahamiyati va xalqaro maydonda sport tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashini yana bir bor ta'kidladi.

Musobaqa so’nggida, Rtveladze quyidagi fikrlarni bildirdi: Biz bunday nufuzli musobaqaning bosh homiysi bo'lganimizdan faxrlanamiz. OTP Group har doim ko'plab muvaffaqiyatli sport musobaqalari, ommaviy sport tadbirlari, jismoniy va aqliy kuch, chidamlilik, muvaffaqiyatli tashkil etilgan jamoaviy sport turlarini qo'llab-quvvatlaydi. Biz ishonamizki, “OTP Group Tashkent Grand Slam 2025” O'zbekiston sport tarixida yorqin iz qoldiradi va yangi avlod sportchilarini g'alabalarga ilhomlantiradi. Barcha ishtirokchilar, tashkiliy jamoa va tomoshabinlarga qo'llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdormiz hamda kelajakda hamkorlikni davom ettirishni umid qilamiz!

Ma'lumot o’rnida: 2025-yilgi Jahon bo'yicha dzyudo sport turi - turli xil xalqaro musobaqalarni xususan, Grand Slam, Gran-pri va dzyudo bo'yicha nufuzli jahon chempionatlarini o'z ichiga oladi. Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi yil davomida 2025-yilda OTP Group hamkorligida yana ikkita yirik tadbirga e'tibor qaratishni rejalashtirgan:

 • 13-20 iyun kunlari Vengriya davlatining poytaxti Budapesht shahrida o'tkaziladigan dzyudo bo'yicha Jahon chempionati.

 • 27-31 avgust kunlari Bolgariya davlatining poytaxti Sofiya shahrida o'tkaziladigan dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati.


Reklama

Теги :
Jamiyat