$
 12145.65
3.71
 14268.71
-21.14
 164.33
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda yangi oliy diniy ta’lim muassasasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Imom Termiziy nomidagi islom instituti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, mazkur oliy ta’lim muassasasi Termiz shahrida 2020-202- o‘quv yilida ochilgan o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining uzviy davomi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

O‘qish muddati qancha?

Ta’lim muassasasida o‘qish muddati 4 yil bo‘lib, bakalavr darajasidagi oliy diniy ma’lumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Qabul davom etmoqda

Ayni paytda Imom Termiziy nomidagi islom institutiga 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul e’lon qilinmoqda. O‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 14-avgustdan 20-avgustga (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qadar davom etadi.

Abituriyentlar arab tili, hadis va mustalahul hadis (ijodiy) hamda tarix fanlaridan imtihonlarini topshirishadi. Arab tili bo‘yicha B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Hozircha qabul imtihonlari o‘tkaziladigan sana bo‘yicha ma’lumot berilmadi.