$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Abituriyentlarning deyarli yarmi minimal ballni ham to‘play olmagan

DTM

Mandat saytida OTMlarga kirish imtihonlarida abituriyentlarning to‘plagan ballari bo‘yicha umumiy statistika e’lon qilindi.

O‘tish baliga ham yeta olmagan avlod

Joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan. 439 ming 337 nafar, ya’ni 49,4 foiz abituriyent o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. 56,7 balldan kam to‘plaganlar kvotada joy bo‘lsa ham, o‘qishga kira olmaydi. 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni, ya’ni 50,6 foizini tashkil qiladi.

Eng yuqori o‘rtacha ball ham 75,9

Hududlar kesimida o‘rtacha ballar quyidagicha:

Buxoro viloyati — 75,9 ball;

Toshkent shahri — 74,6 ball;

Farg‘ona viloyati — 69,9 ball;

Namangan viloyati — 68 ball;

Xorazm viloyati — 68 ball;

Navoiy viloyati — 67,2 ball;

Samarqand viloyati — 67 ball;

Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball;

Jizzax viloyati — 65,5 ball;

Surxondaryo viloyati — 64,7 ball;

Toshkent viloyati — 64 ball;

Andijon viloyati — 63,5 ball;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball;

Sirdaryo viloyati — 62,8 ballni jamlagan.

Huquqshunos tushuntirish berdi

Huquqshunosning ta’kidlashicha, holat 2022-yil bilan solishtirganda bir oz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2 foiz, aniqrog‘i, 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4 foizga tushdi. 2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida, nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida, 40,8 foizni tashkil etgan.

O‘tgan yilgiga qaraganda yaxshilangan natijalar 

O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:

Toshkent shahri — 4,4 foiz;

Buxoro — 4,4 foiz;

Toshkent viloyati — 3,5 foiz;

Namangan — 3,3 foiz;

Farg‘ona — 2,4 foiz.

Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o‘tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.