$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yili oliy ta’limda eksport atigi 26 million dollarni tashkil qildi. Bu imkoniyatlarga mutlaqo mos emas

otm

So‘nggi sakkiz yilda 125 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi. Shundan 23 tasi xorijiy universitet filiallari.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.  

 “Top-1000”talikka kirgan universitetlar soni 10 taga yetkaziladi

Lekin, o‘tgan yili oliy ta’limda eksport atigi 26 million dollarni tashkil qilgani imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Oliy ta’lim vazirligiga “Top-1000”talikka kirgan 2 ta oliygoh bilan cheklanib qolmasdan, yaqin yillarda ularni 10 taga yetkazish choralarini ko‘rish topshirildi.  

Madaniyat markazlari xususiy sektorga o‘tkazildi

O‘tgan yili 15 ta madaniyat markazi xususiy sektorga berildi. Tadbirkorlar 86 milliard so‘m investitsiya kiritib, 1,5 mingdan ziyod madaniy tadbir tashkil qildi.  

Vazirlik tizimidagi yana 120 ta madaniyat va san’at markazi bo‘sh turibdi. Shu munosabat bilan madaniyat vaziriga markazlarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida xususiy sektorga berishni tashkillashtirish topshirildi.  

Yig‘ilishda hudud rahbarlari va vazirlarning hisoboti tinglandi, tadbirkorlarning namunali tajribasi ko‘rib chiqildi.

Теги :
Jamiyat