Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

NAMXUdagilar ko‘chada qolmaydi

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat OTM talabalari tegishli tartibda boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchiriladi. Ko‘chirish ishlari esa vazirlik zimmasiga yuklandi.

2 daqiqa o‘qiladi

NAMXUdagilar ko‘chada qolmaydi

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat OTM talabalari tegishli tartibda boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirilishini maʼlum qildi.

71 ta tekshiruv

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 16–31-may kunlari respublikamizdagi 71 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyati oʻrganildi. Oʻrganishlar natijasida Namangan viloyatidagi “NAMXU OTM” MCHJ nodavlat oliy taʼlim tashkiloti – Namangan xalqaro universitetida oliy taʼlim xizmatlarini litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etishda qator qoʻpol qoidabuzarliklar qayd etildi. 

VIUda ham vaziyat bir

“NAMXU OTM” MCHJ va vazirlik oʻrtasida ish iqtisodiy sudning 3 ta va maʼmuriy sudlarning 3 ta, jami 6 ta instansiyasida koʻrib chiqilgan. Shuningdek, “Valley innovative university” nodavlat oliy taʼlim muassasasini tekshirish jarayonida bir qator litsenziya talab va shartlari qoʻpol ravishda buzilgani aniqlangan.

Ko‘chirish ishlari vazirlik “bo‘ynida”

Litsenziyasi bekor qilingan oliy taʼlim muassasalarining talabalarini boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish uchun masʼuliyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi zimmasida boʻlib, talabalar oʻzlari istagan oliy taʼlim tashkilotiga tegishli tartibda koʻchiriladi. 

5148 ta talabaning arizasi qabul qilindi

Xususan, Namangan xalqaro universitetining HEMIS axborot tizimiga kiritilgan 5876 nafar talabasidan oʻqishga koʻchirish boʻyicha ariza olish jarayoni 16-fevraldan boshlandi. 19-fevral holatiga 5148 nafar talabadan arizalar olindi.

Norozilik mitingi

Ma’lumot uchun, NAMXUning litsenziyasi bekor qilinishidan keyin keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Buning ortidan ushbu oliygohda ta’lum olayotgan talabalarning ota-onalari universitet qarshisizda norozilik chiqishlarini qilgan.