$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Buxoroda voyaga yetmagan bola aroqxo‘r otasini sudga berdi

zo

Ma’lum qilinishicha, 2008-yilda tug‘ilgan A.O‘. ismli o‘g‘il boladan murojaat kelib tushgan. Unda bola oilasida faqat onasi doimiy ishda ishlashi, otasi rasmiy ish bilan band emasligi, faqat vaqti-vaqti bilan mavsumiy ishlab, topgan puliga har kuni spirtli ichimlik ichishi, yarim kechasi uyga kelib janjal qilishi, oila a’zolarini haqoratli so‘zlar bilan so‘kishi va urishini bildirgan.

Order ham foyda bermayapti

Bolaga ko‘ra, otasi onasini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, akasini esa uydan haydab yuborgan. A.O‘. onasi maishiy zo‘ravonlik tufayli himoya orderi olgani, lekin otasi himoya orderi talablariga rioya qilmayotganini bildirib, o‘zini, onasi va akasini otasining ruhiy va jismoniy zo‘ravonligidan himoya qilishni so‘ragan.

Himoya orderining talablariga rioya etish nazoratga olindi

Tekshiruv davomida bolaning so‘zlari o‘z tasdig‘ini topib, joriy yilning 14-avgust kuni A.O‘. ning onasi G‘.D.ga otasi G‘.N. tomonidan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazilishini oldini olish maqsadida berilgan himoya orderining talablariga rioya etish nazoratga olingan.

15 sutka ma’muriy qamoq va majburiy davolanish

Shuningdek, G‘.N. tuman sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

“Shu bilan birga, A.O‘.ning otasi spirtli ichimlikka ruju qo‘yganligi yuzasidan sud qaroriga asosan majburiy davolanishga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqqanidan so‘ng otani majburiy davolanishga joylashtirish choralari ko‘riladi”, – deyiladi ombudsman xabarida.