Osiyo kubogi-2027ning o‘tkazilish vaqti aniq bo‘ldi
Milliy terma jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo Kubogiga Saudiya Arabistonining uchta shahri mezbonlik qiladi.
2 daqiqa o‘qiladi

OFK musobaqa 2027-yil 7-yanvardan start olishi hamda 5-fevralga qadar davom etishi haqida xabar berdi.
Musoboqa haqida
2023-yil Bahrayn poytaxti Manamada o‘tkazilgan OFKning 33-Kongressida Osiyo kubogi-2027 musobaqasiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi aniqlangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Osiyo Kubogi Saudiya Arabistonining uchta shahrida o‘tkaziladi. Bular: Ar Riyod, Jidda va Al Xobar. Kecha, 7-yanvar kuni OFK sayti musobaqa 2027-yil 7-yanvardan start olishi hamda 5-fevralga qadar davom etishini ma’lum qildi.
Musoboqa o‘tkaziladigan stadionlar
Xabarda keltirilishicha, O‘yinlarga Ar Riyoddagi beshta stadion mezbonlik qiladi:
- 1. "Qirol Fahd" stadioni (sig‘imi: 70 ming)
- 2. "Qirol Saud universitet" stadioni (sig‘imi: 25 ming)
- 3. "Imam Muhammad ibn Saud" stadioni (sig‘imi: 21 ming)
- 4. "Kingdom Arena" (sig‘imi: 26 ming)
- 5. "Al Shabab" stadioni (sig‘imi: 14 ming)
Bundan tashqari, musobaqaga Jidda shahridagi ikkita stadion — "Qirol Abdulloh" (sig‘imi: 60 ming) va "Shahzoda Abdulloh Al Faysal" (sig‘imi: 25 ming) o‘yingohlarida, shuningdek, Al Xobarda joylashgan "Al Xobar Nyu Stedium" (sig‘imi: 45 ming) o‘yingohlari ham mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston final yo‘llanmasini olib bo‘lgan
O‘tgan yilning mart oyida O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 hamda Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi doirasida Hongkong ustidan yirik g‘alabaga erishib, hal qiluvchi 3-saralash bosqichi va Saudiya Arabistonida o‘tadigan Osiyo kubogi-2027ga yo‘llanmani naqd qilgan edi. Ma’lumot uchun, 30 kun davom etadigan 2027 yilgi Osiyo Kubogida 24ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa jami 51 uchrashuvdan iborat bo‘ladi.
3-saralash bosqichi
2024-yil yakunida Osiyo kubogi-2027, 3-saralash bosqichiga qur’a tashlangan edi. Unga ko‘ra, gurux g‘oliblari Saudiya Arabistoni, Osiyo kubogi-2027 yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.
A guruhi
- Tojikiston
- Filippin
- Maldiv orollari
- Sharqiy Timor
B guruhi
- Livan
- Yaman
- Butan
- Bruney
C guruhi
- Hindiston
- Gonkong
- Singapur
- Bangladesh
D guruhi
- Tailand
- Turkmaniston
- Xitoy Taypeyi
- Shri-Lanka
Y guruhi
- Suriya
- Afg‘oniston
- Myanma
- Pokiston
G guruhi
- Vetnam
- Malayziya
- Nepal
- Laos



