$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng arzon osh qayerda?

Osh

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganildi.

Iyul oyidagi natijaga ko‘ra, narxlar biroz yuqorilagan.

1 porsiya oshning hududlar kesimidagi o‘rtacha narxi

Qoraqalpog‘iston R. – 24 300 so‘m 

Andijon viloyati – 25 800 so‘m 

Buxoro viloyati – 29 000 so‘m

Jizzax viloyati –26 100 so‘m

Qashqadaryo viloyati – 28 100 so‘m 

Navoiy viloyati – 24 600 so‘m 

Namangan viloyati – 20 000 so‘m 

Samarqand viloyati – 27 800 so‘m 

Surxondaryo viloyati – 27 100 so‘m 

Sirdaryo viloyati – 23 600 so‘m 

Toshkent viloyati – 25 700 so‘m 

Farg‘ona viloyati – 23 800 so‘m 

Xorazm viloyati – 28 300 so‘m 

Toshkent shahri – 30 400 so‘m 

Statistika qay mezonga ko'ra tuzilgan?

Shuningdek, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan. Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini obyektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan obyektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd qilinadi.

May oyidagi narxlar

Shuningdek, ushbu statistika may oyida o‘tkazilganda hududlar kesimidagi narxlar quyidagicha edi:

Qoraqalpog‘iston R – 24 300 so‘m   

Andijon viloyati – 24 600 so‘m   

Buxoro viloyati – 28 600 so‘m   

Jizzax viloyati –26 200 so‘m   

Qashqadaryo viloyati – 27 900 so‘m   

Navoiy viloyati – 24 400 so‘m   

Namangan viloyati – 19 900 so‘m   

Samarqand viloyati – 27 300 so‘m   

Surxondaryo viloyati – 25 800 so‘m   

Sirdaryo viloyati – 23 500 so‘m   

Toshkent viloyati – 25 400 so‘m  

Farg‘ona viloyati – 23 300 so‘m

Xorazm viloyati – 27 600 so‘m

Toshkent shahri – 30 200 so‘m