$
 12926.51
-9.17
 14092.48
-72.09
 156.00
-2.8
weather
+26
Кечаси   +14°

Shimoliy Orol dengizining suv sathi 42 foizga oshdi

Shimloiy Orol

Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, Shimoliy Orol dengizida suv sathi 42 foizga ko‘tarilgan. Bunday o‘sishga 2023-yildagi faol El-Nino davri ta’sir qilgan bo‘lib, u nafaqat Amudaryo balki Sirdaryo daryosida ham suv miqdorining oshishiga olib kelgan. Bu holat so‘nggi 7-8 yil ichida kuzatilgan eng yaxshi suv ta’minoti sifatida qayd etilmoqda. Qozog‘iston hukumati Shimoliy Orolni Katta Orol dengizidan ajratib turuvchi Kokaral to‘g‘onini rekonstruksiya qilish va Sirdaryo deltasini tiklash loyihasini yakunlash arafasida. Mazkur birinchi bosqich amalga oshirilishi natijasida dengizda suv sathining ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

Ekspert fikrlari

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti amaliy iqlimshunoslik laboratoriyasi mudiri geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Erkin Abdulaxatovning qayd etishicha, o‘tgan yozda harorat muhiti va namlikning qishloq xo‘jaligi uchun komfort bo‘lishi Sirdaryoning Qozog‘istondan oqib o‘tgan qismida suvga bo‘lgan talabni keskin kamaytirgan. “Bu kabi imkoniyatdan qozoq hukumati to‘g‘ri foydalanib, 2 km kubga yaqin suvni Shimoliy Orolga yo‘naltira olishdi. Bu esa katta Orolga Sirdaryo daryosida suv eng yaxshi bo‘lgan davrda ham bir tomchi suv yetib kelmasligiga olib keldi”, — deb yozadi u. 

Qozog‘iston hukumati bu masalaga alohida e’tibor qaratmoqda

Qozog‘iston hukumati Jahon Bankining 39 ta loyihasi asosida Shimoliy Orolda infrastrukturani yaxshilash, baliqchilikni rivojlantirish, turizm imkoniyatlarini kengaytirish hamda Katta Orol va Shimoliy Orolni o‘zaro ajratib turuvchi Kokoral to‘g‘onini mustahkamlash, qayta tiklash ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Mutaxassis “ o‘zbek hukumati qurigan Orol tubida yashil fitomassa yaratishga kuchni maksimal beraverishi kerak”, deya ta’kidlaydi.

Теги :
Jamiyat