$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Yevropa Ittifoqi Orolni tiklash uchun mablag‘ ajratmoqchi

Orol

Ushbu dastur mintaqa ekologiyasini yaxshilash va ekologik inqiroz natijasida zarar ko‘rgan tabiiy resurslarni tiklashga qaratilgan.

Mablag‘ nima uchun sarflanadi?

Yevropa Ittifoqi Orol dengizi havzasidagi yerlarni tiklash uchun O‘zbekistonga 8,8 million yevro miqdoridagi grant ajratmoqchi. Ushbu dastur mintaqa ekologiyasini yaxshilash va ekologik inqiroz natijasida zarar ko‘rgan tabiiy resurslarni tiklashga qaratilgan. Ushbu grant iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim bosqich bo‘ladi va fermerlar va mahalliy hamjamiyatlarni ushbu boy yerlarga hayotni qaytarishga intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Orol tiklanmoqda

Avvalroq Qozog‘iston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov suvning sho‘rligi to‘rt baravarga kamayganini ma’lum qilgandi. Shimoliy Orol bir necha bosqichlarda tiklanmoqda. Birinchi fazada suv hajmi 27 mlrd. kub metrga yetgan. Shuningdek, suvning sho‘rligi to‘rt baravarga kamaygan. Bundan tashqari, baliq ovlash hajmi ham yiliga 8 ming tonnaga yetgan. Bu haqda Qozog‘iston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov. Ma’lumot uchun, 2024-yilda Orolga qariyb 2,6 milliard kub metr suv yuborilgan. 2022-yilda esa jami 816 mln. kub metr suv kelib tushgan.

Теги :
Jamiyat