$
 11970.68
36.04
 13902.75
6.06
 163.18
-0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Olti yil davomida ko‘zlarini yuma olmagan ayol: Xitoydagi muvaffaqiyatsiz plastik operatsiya hikoyasi

QIZ

Xitoyning sharqiy qismida yashovchi Van familiyali ayol bir necha yildan beri muvaffaqiyatsiz plastik operatsiyadan keyin adolat izlab kelmoqda. Uning aytishicha, oddiy estetik muolaja og‘ir asoratlarga, sog‘lig‘ining jiddiy yomonlashishiga va hatto nogironlikka olib kelgan.

Xato nimada?

Muammolar operatsiyadan so‘ng darhol boshlangan. Ayol kuchli og‘riqni his qilgan, qovoqlari tashqariga qayrilib ketgan va ko‘zlarida suyuqlik to‘plana boshlagan. Shundan so‘ng u zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan.

Tekshiruvlar davomida shifokorlar operatsiya vaqtida ko‘z yosh bezlari shikastlanganini va jarrohlik amaliyoti noto‘g‘ri bajarilganini aniqlashgan. Vaziyatni tuzatish uchun qo‘shimcha operatsiyalar tavsiya etilgan bo‘lsa-da, qovoqlarning normal faoliyatini to‘liq tiklashning imkoni bo‘lmagan. Natijada ayolning ko‘zlari hanuzgacha to‘liq yumilmaydi.

Shifokorda tibbiy litsenziyaga boʻlmagan

2022-yilda ekspertiza Van holatini to‘qqizinchi darajadagi nogironlik sifatida tan olgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, operatsiyani amalga oshirgan mutaxassis tibbiy litsenziyaga ega bo‘lmagan. Bundan tashqari, operatsiya o‘tkazilgan klinika ham ruxsatnomasiz faoliyat yuritgan. Muassasa bir necha oy o‘tib yopib qo‘yilgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya oqibatlari uning ruhiy holatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. U depressiya, uyqusizlik va ijtimoiy yakkalanish bilan kurashishga majbur bo‘lgan.

Van klinika va shifokorni sudga bergan. Biroq sud qarori chiqarilishidan oldin tomonlar kelishuvga erishgan. Ayol 850 ming yuan miqdorida tovon puli olgan va buning evaziga internetdagi barcha tanqidiy postlarini o‘chirib tashlash, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va davlat organlariga murojaat qilmaslik majburiyatini olgan.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, agar u bu talablarni buzsa, kompensatsiyaning bir qismini qaytarishi kerak edi. Oradan vaqt o‘tib, mojaro yana avj oldi. Tomonlar internetda bir-birini ayblovchi materiallarni e’lon qila boshlashdi va ish yana sudga qaytdi.

Yakunda sud Van ayolni kelishuv shartlarini buzgan deb topib, 400 ming yuan tovon pulini qaytarishga majbur qildi. Ayol bu qarordan norozi bo‘lib, uni bekor qilishga uringan, ammo uning shikoyati rad etilgan.

Bu voqea Xitoyda plastik operatsiyalardan keyingi og‘ir asoratlar haqidagi boshqa xabarlar fonida katta jamoatchilik e‘tiborini tortdi. So‘nggi yillarda mamlakatda kosmetik muolajalar tufayli sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan, hatto hayotdan ko‘z yumgan bemorlar haqidagi holatlar ham bir necha bor muhokama markaziga aylangan.

Теги :
Jamiyat