$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Open byudjet”ning 2024-yil 1-mavsumida 900 ga yaqin yo‘llar ta’mirlanadi

asfalt

“Tashabbusli byudjet”ning yaqinda yakunlangan birinchi mavsumida 897 ta ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihalari ro‘yxatga olingan. Eng ko‘p ta’mirlanadigan yo‘llar Qashqadaryoda.

779 ta mahalla, 1 trillion so‘m

“Tashabbusli byudjet”ning ichki yo‘llarni ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha jami 779 ta mahalladan 897 ta loyiha g‘olib bo‘ldi. Ushbu hududlardagi jami 1 871 kilometrdagi yo‘llar ta’mirlanadi. Buning uchun esa 1 trillion 178,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Eng ko‘p yo‘l Qashqadaryoda

Loyihaga kirgan yo‘llarning eng ko‘pi Qashqadaryoda bo‘lib, 111 ta mahalladagi 129 loyihaga kirgan 314,9 km yo‘l bor, ushbu yo‘llar uchun esa 174,9 so‘m ajratilgan. Ikkinchi o‘rindagi Samarqand viloyatida 95 ta mahalladan 117 ta loyihadagi 240,7 km uchun 156,5 milliard so‘m ajratilgan.

Barcha viloyatlardagi loyihalar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 37 loyiha, 49,5 km yo‘l, 44,6 mlrd mablag‘, 29 ta mahalla

  • Andijon - 63 loyiha, 164 km yo‘l, 82 mlrd mablag‘, 58 ta mahalla
  • Buxoro – 48 loyiha, 106,1 km yo‘l, 63,6 mlrd mablag‘, 40 ta mahalla
  • Jizzax - 46 loyiha, 81,8 km yo‘l, 61,4 mlrd mablag‘, 37 ta mahalla
  • Navoiy - 23 loyiha, 47,6 km yo‘l, 28,6 mlrd mablag‘, 19 ta mahalla
  • Namangan - 94 loyiha, 184,8 km yo‘l, 120,1 mlrd mablag‘, 84 ta mahalla
  • Surxondaryo - 69 loyiha, 164,8 km yo‘l, 93,1 mlrd mablag‘, 59 ta mahalla
  • Sirdaryo - 41 loyiha, 81 km yo‘l, 51,9 mlrd mablag‘, 38 ta mahalla
  • Toshkent viloyati - 104 loyiha, 208,5 km yo‘l, 133,6 mlrd mablag‘, 97 ta mahalla
  • Farg‘ona - 65 loyiha, 141,8 km yo‘l, 87,2 mlrd mablag‘, 62 ta mahalla
  • Xorazm - 60 loyiha, 83,5 km yo‘l, 79,8 mlrd mablag‘, 49 ta mahalla
  • Toshkent shahri - 1 loyiha, 2,2 km yo‘l, 1,4 mlrd mablag‘, 1 ta mahalla.
Теги :
Жамият