$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Maktabmi yoki tovuqxona?

Maktab

Bir oy oldin Prezidentning "Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi qonuni kuchga kirgan edi. Ushbu qonun hujjatiga ko‘ra pedagoglarni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi. Ammo bu qonun Andijongacha hali yetib bormagan ko‘rinadi.

"Yo ovoz to‘pla yo 90 mingdan ber"

Andijon viloyati Andijon tumanidagi 24-maktabning direktori o‘qituvchilarga ushbu talabni qo‘ygan. Maktab ayni paytda tumanda ovozlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turishining sababi ham shunda. Ushbu holatdan norozi bir o‘qituvchi shunday deydi: "O‘tgan yillarda ham "Open byudjet" uchun ovoz yig‘ganmiz, lekin bu yildan direktorimiz Sarvar Nasriddinov shunaqa oshirib yuboryapti. Har birimizga 3 ta hali sim-karta ochilmagan pasportni topib, sim-karta sotib olib, ovoz berishni yoki pul yig‘ib berishimizni talab qilyapti." Ushbu maktabdagi ovoz stavkalari ancha yuqorini tashkil etmoqda, sinf rahbarligi bor o‘qituvchilar har bir o‘quvchisi uchun 5 tadan, sinf rahbarligi yo‘qlar esa 30 ta ovoz yig‘ishi kerak. "30 ta o‘quvchisi bor o‘qituvchi 150 ta ovoz yig‘ishi kerak, ushbu topshiriq bizga yuborildi va start berildi", - deydi o‘qituvchi.

Maktabda tovuqxona tashkil etilgan

Andijon tumanidagi 24-maktabda faqatgina "Tashabbusli byudjet"dagi majburlovi bilan ajralib turgani yo‘q. Yaqinda maktab direktori Sarvar Nasriddinov maktabning ichida tovuqxona tashkil etgan hamda o‘quvchi va o‘qituvchilardan tovuq olib kelishini talab qilgan. Haliyam molxona tashkil qilmabdi, aks holda "molbozor" ham tashkil qilishi ham hech gap emas edi.

Pedagoglarni majburiy ishga jalb qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

2024-yilning 1-fevralida kuchga kirgan Prezidentning "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq ularni ish faoliyatidan tashqari bo‘lgan ishlarga majburlash taqiqlanadi. Ushbu qonunning beshinchi moddasida, pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlanadi deb yozib qo‘yilgan. Qonunning keyingi bandida esa, ushbu kabi ijtimoiy masalalarga faqatgina pedagogning ruxsati bilan, uning bo‘sh paytida va qo‘shimcha haq to‘langan holda jalb qilinishini belgilangan, undan pul olib deb emas! Ushbu qonunning 17-moddasida, qonunni buzgan shaxslar belgilangan tartibda jazoga tortilishi belgilangan.