$
 12917.10
-48.24
 14460.69
-64.38
 160.14
-1.2
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Boshlanmasidan to’xtagan “Open Budget”

Open Budget

13-mart 00:00 da “Tashabbusli byudjet”ning navbatdagi mavsumi uchun ovoz berish boshlanishi kerak edi. Hozirda portal ishlamayapti.

Start-finish

13-mart kuni “Ochiq budjet” portalida tashabbusli budjetlashtirish loyihalari bo‘yicha ovoz berish bosqichi start olishi rejalashtirilgan edi. Ovoz berish chorshanba kuni kechqurun — soat 00:00 dan boshlanib va 1-aprel soat 23:59 gacha davom etishi ko‘zda tultilgandi. 

Texnik nosozlik

Lekin, ovoz berish portali portali ishida ayrim texnik nosozliklar kuzatilayotgani sababli portal faoliyatida uzilishlar bo‘lmoqda. Shu sababdan, nosozliklarni to‘liq bartaraf etish maqsadida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatildi va 16 mart soat 00:00 dan boshlab davom ettirilishi aytilmoqda.

Rasmiylar xabariga ko‘ra, ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilyapti.

Joriy mavsum tashabbuslari

Ma‘lum bo‘lishicha, 2024-yilning birinchi mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni moliyalashtirishga qariyb 3,02 trillion so‘m yo‘naltirilishi kutilmoqda. “Ochiq budjet” portali ma’lumotlariga ko‘ra, 9443 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 35 575 ta tashabbus kelib tushgan bo‘lib, shundan 28 919 tasi ma’qullangan.

Nimalar o‘zgaradi?

Joriy mavsumdan ovoz berish jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Unga ko‘ra, ovoz berishda quyidagilarni hisobga olishingiz kerak:

  • endilikda “Bir kishi — bir ovoz” prinsipi amal qiladi. Ya’ni nomingizda nechta sim-karta bo’lishidan qat’i nazar faqat bir marta ovoz bera olasiz;
  • agar oilada hammaning telefon raqami bir kishining nomida bo’lsa, unda shu oila faqat bitta ovoz bera oladi degani. Boshqalar ham ovoz berishi uchun yoki nomiga yangi telefon raqam olishi, yoki o’zi ishlatayotgan raqamni o’zining nomiga qayta rasmiylashtirishi kerak;
  •  yuridik shaxs nomida bo‘lgan sim-kartalar orqali ovoz berib bo‘lmaydi. Sim-karta albatta jismoniy shaxs nomiga olingan bo‘lishi kerak;
  • “1500 ta ovoz olsa, aniq g‘olib bo‘ladi” degan qoida yo‘q. G‘oliblar tuman (shahar)ga ajratilgan mablag‘ doirasida eng ko‘p ovoz olgan loyihalar bo‘ladi.

Shuningdek, avvalroq 2024-yildan boshlab “Ochiq budjet” portali orqali fuqarolar umumxalq bog‘lari va parklari yaratish bo‘yicha 250 million so‘mgacha bo‘lgan tashabbuslarni ilgari surishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Теги :
Jamiyat