$
 12749.75
7.99
 14142.02
106.97
 140.25
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zganing nomiga “onlayn kredit” rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi

onlayn kredit

Jizzax viloyatida yashovchi ayol M.S. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etganligi aniqlandi.

20 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilgan

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi R.A., jabrlanuvchi ayol M.S.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini “Bank operatorisifatida tanishtirib, “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritgan va uning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 20 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan R.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.