$
 12029.20
-43.76
 14065.74
-111.54
 160.26
-0.91
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi jarima maydonchasidagi mashinani onlayn chiqarish mumkin bo‘ladi

UYY

O‘zbekistonda jarima maydonchasiga joylashtirilgan avtomobillarni endilikda onlayn tarzda olib chiqish mumkin bo‘ladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 28-apreldagi qarori bilan belgilandi.

Elektron murojaat 

Yangi tartibga ko‘ra, avtomototransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish uchun endi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat yuborish mumkin. Haydovchilar buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz, YHXXning maxsus mobil ilovasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qiladi.

Qarorga muvofiq, murojaat kelib tushgach, ariza beruvchining ma’lumotlari hamda transport vositasining ushlab turilishiga sabab bo‘lgan holatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshiriladi. Jarima maydonchasiga joylashtirishga sabab bo‘lgan qoidabuzarlik bartaraf etilgani aniqlansa yoki ma’muriy ish bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilingan bo‘lsa, murojaat ko‘rib chiqiladi.

Muddat qancha?

Shundan so‘ng murojaatchiga 1 ish kuni ichida avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqishga ruxsat beruvchi elektron xabarnoma yuboriladi. Mazkur tartib avtomobil egalari uchun jarayonni soddalashtirish, ortiqcha vaqt va ovoragarchilikni kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Portalda, shuningdek, yana bir yangi imkoniyat ishga tushdi. Endilikda avtomobil oynalari tusini o‘zgartirish (tonirovka) uchun ruxsatnoma olishda transport vositasi egasini kutish shart emas. Elektron ishonchnomasi bor haydovchilar ham mustaqil ravishda my.gov.uz orqali ariza yuborishlari mumkin.

Теги :
Jamiyat