Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Poytaxt hokimligiga murojaat: prezident qarori ijrosi 5 yilga kechikyapti

“Qaror qabul qiluvchilar – og‘riq va azobda o‘lish qanchalik qiyinligini tasavvur qilasizmi? Bunday holatda hech qanday yordam qila olmaslik, umidsizlik nimaligini tushunasizmi?”

2 daqiqa o‘qiladi

o 4 6

Ijtimoiy tarmoqlar onkolog shifokor Yahyo Ziyayevning Toshkent shahar hokimligiga murojaat qilgani tarqalmoqda. Shifokor Toshkentda qurib bitkazilishi 2019- yilga mo‘ljallangan hospis qurilishining hali ham tugamaganidan norozi.

"Menga shu kerakmi, degan fikrga kelib qolyapman"

“O‘zbekiston uchun mintaqalararo xospis 2019-yili qurib bitkazilishi kerak edi, 5 yilga kechikyapti! To‘g‘risi, bu mamlakatda o‘zimning kompetensiyamdagi biror narsani yahshi tomonga o‘zgartirish mumkinligi bo‘yicha hafsalam pir bo‘lib bormoqda. E bor-eee, menga kerakmi shu degan fikrga yetib kelmoqdaman”, deb yozadi Yahyo Ziyayev.

“Mana, aprel keldi. Qani va’daga vafo? Bir hafta oldin borgandik Rustam bilan (onkolog shifokor Rustam Norboyev). Hech narsa boshlanmagan edi. Keyingi hafta dushanba kuni boshlanadi deb aytishdi. Xay, mayli, kechikib qilib berishsa ham yutug‘imizku deb negativga olmadim”, deb yozadi shifokor.

Oʻzi bu qanday bino boʻlishi kerak?

Shifokorning ma’lumot berishicha, qurilishi kechikayotgan hospis navbatdagi qanaqadir bino emas, u O‘zbekistondagi barcha xospislar uchun metodologik markaz bo‘lishi kerak.

Bu degani butun O‘zbekistondagi hayotining oxirgi damlarini o‘tkazayotgan insonlarga qulaylik yaratish, azob uqubatlariga malham berishning algoritm va mexanizmlari ishlab chiqilib, amalga tatbiq qilinadi.

Yoʻq infrastukturani qanday rivojlantiramiz?

“Butunjahon xospis va palliativ yordam assosiatsiyasi boshlig‘i Stiven Konnor O‘zbekistonga may oyida kelishi rejalashtirilgan. U bilan hamkorlikda O‘zbekistonda palliativ va xospis yordamini rivojlantirishga qaror qabul qilganmiz. Muzokaralarni noyabr oyidan olib borganman. Baraka topkur, yo‘q infrastrukturaga nimani rivojlantiramiz?

Gap ham qolmadi, shunchaki g‘azab va nafrat! Qaror qabul qiluvchilar – og‘riq va azobda o‘lish qanchalik qiyinligini tasavvur qilasizmi? Bunday holatda hech qanday yordam qila olmaslik, umidsizlik nimaligini tushunasizmi?” deb yozadi Yahyo Ziyayev.

Ma’lumot uchun: 2017-yilda qabul qilingan aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga oid prezident qarorida viloyat onkologiya muassasalari tuzilmasida palliativ yordam berish bo‘yicha bo‘limlar, shuningdek, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Urganch shaharlarida to‘rtta mintaqalararo xospislar tashkil etilishi qayd etilgan.